O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligiga bozor mexanizmlarini joriy etish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek suvdan tejamli va samarali foydalanish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga quyi bo‘g‘inda suv bilan ta’minlovchi tashkilotlar va suv iste’molchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solgan holda, suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish, shuningdek paxta xomashyosi va don yetishtirishdagi davlat buyurtmasi amaliyotini qonunchilik darajasida bekor qilish yo‘li bilan davlatning qishloq xo‘jaligi sohasini boshqarishdagi rolini yanada kamaytirish zaruriyati mavjud.
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlariga O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi irrigatsiya bo‘limlari hamda maxsus xizmatlar negizida tashkil etilgan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining vazifalari va vakolatlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berilishini ta’minlash bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining majburiyati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlar bekor qilinmoqda.
Ushbu Qonun suv resurslarini samarali boshqarish tizimi joriy etilishiga, qishloq xo‘jaligida erkin raqobatni ta’minlashga hamda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning manfaatdorligini oshirishga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 837-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 11, 791-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda, № 11, 1065-modda; 2022-yil, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 1, 7-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 21-moddaning:
o‘n beshinchi xatboshisidagi “tumanlarning irrigatsiya bo‘limlari” degan so‘zlar “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n to‘qqizinchi xatboshisi “suv yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar” degan so‘zlardan keyin “(bundan suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 7-modda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“suv iste’molchilarining qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlarini ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tasdiqlash”;
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 27-modda uchinchi qismining:
to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suv iste’molchilari uyushmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga — tuman ahamiyatiga molik suv obyektlaridan, shu jumladan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan beriladi”;
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
4) 30-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa suv iste’molchilarining qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi”;
oltinchi qismi “suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlari” degan so‘zlardan keyin “(bundan suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 351-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi “suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar” degan so‘zlardan keyin “(bundan suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 48-modda:
uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv iste’moli rejalari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari suv iste’moli rejalarini umumlashtiradi va suvdan foydalanish rejalarini tuzadi.
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining suvdan foydalanish rejalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi”;
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi bilan kelishilgan holda — suv iste’molchilari bo‘yicha”;
uchinchi xatboshisidagi “tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limi bo‘yicha” degan so‘zlar “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi bo‘yicha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 53-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamoa bog‘lari, tokzorlari, ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini suv bilan ta’minlash belgilangan tartibda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan suv yetkazib berish va suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Fuqarolarning ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suv resurslarini ajratish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining suv olish limitlarida nazarda tutiladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning ekinzorlarni va tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suvga bo‘lgan ehtiyojlarini umumlashtiradi, suv yetkazib berish va suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar tuzadi, ular o‘rtasidagi suvni iste’mol qilish tartibini belgilaydi, shuningdek sug‘orish tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash ishlarini tashkil etadi”;
8) 54-moddaning birinchi qismidagi “suv iste’molchilari uyushmalari hamda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
9) 82-moddaning:
ikkinchi qismidagi “Suv iste’molchilari uyushmalari, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarning” degan so‘zlar “Suvdan foydalanuvchilarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “suv iste’molchilari uyushmalari hamda boshqa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
10) 106-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi “suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar” degan so‘zlardan keyin “(bundan suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish xizmatlari mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 4, 199-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 9, 540-modda, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “belgilangan tartibda” degan so‘zlar “ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 15-moddaning matnidagi “ularga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan” degan so‘zlar “tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 17-modda birinchi qismining:
sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rishi;
suv resurslaridan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi bilan tuzilgan suv yetkazib berish va suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga binoan foydalanishi, shuningdek fermerlararo ichki sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini, ulardagi inshootlarni ta’mirlash hamda tiklashda ishtirok etishi, ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi”;
4) 24-moddaning birinchi qismidagi “shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun realizatsiya qilish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
5) 30-moddaning matnidagi “davlat ehtiyojlari uchun mahsulot realizatsiya qilish shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
6) 35-moddaning birinchi qismidagi “tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini ta’minlash bo‘yicha, shuningdek” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan O‘RQ-328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 384, 385-moddalar; 2018-yil, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 3, 166-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) 28-moddasining birinchi qismidagi “ularga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan” degan so‘zlar “tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 803, 804-moddalar, № 10, 973-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda, № 11, 923-modda) 72-moddasi 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari huzuridagi tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limlarini” degan so‘zlar “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-680-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 286-modda; 2022-yil, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 11, 919-modda) 11-moddasining birinchi qismidagi “unga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmasi tomonidan belgilanadigan” degan so‘zlar “tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-oktabr,
O‘RQ-981-son