“E-urug‘” axborot tizimida elektron tanlov natijalari e’lon qilindi
⌨️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida “E-urug‘” axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 18-martdagi 166-son qarori asosida 2025-yilda paxta urug‘ligini yetishtirish bo‘yicha elektron tanlovlarda “E-urug‘” axborot tizimi tashkil etildi.
✅Qarorning 1-ilova, 1-bob, 7-band, 6-xatboshi talablariga muvofiq tizimning texnik operatori tomonidan tanlov natijalari elektron bayonnomalar shakllantirildi hamda tanlov ishtirokchilarining “E-urug‘” axborot tizimidagi (https://e-seeds.uz/oz ) shaxsiy kabinetlariga yuborildi.