Qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov agrar sohada raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, bu boradagi jarayonlarni tezlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.
Yig‘ilish davomida Agrar sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va raqamlashtirish departamenti rahbari Izzatilla Ikramov sohadagi mavjud holat, erishilgan natijalar va yaqin istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida sun’iy intellekt, geoinformatsion tizimlar, agrotexnik monitoring platformalari kabi zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish, fermer va dehqonlarga xizmat ko‘rsatish tizimini soddalashtirish, ma’lumotlar oqimini avtomatlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Raqamlashtirish orqali yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, shaffoflikni ta’minlash, qaror qabul qilishda aniqlik va tezlikni oshirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Vazir o‘z navbatida, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish muhimligini ta’kidlab, bu yo‘nalishda amaliy natijadorlikka erishish zarurligini qayd etdi.
Taqdimotda ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish, xususan, tajriba sifatida ayrim hududlarda joriy qilish, tizimlarning funksionalligini oshirish va foydalanuvchi uchun qulay interfeys yaratish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.