O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Anvarjonovich rahbarligida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rahbar va mutaxassis xodimlari, shuningdek, Vazirlikning Agrar sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va raqamlashtirish departamenti mutasaddilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda agrar sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan 20 dan ortiq loyiha taqdim etildi hamda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Jumladan, Agrosubsidiya, E-IJARA, Geoaxborot, Qishloq xo‘jaligi texnikalari reyestri, AKIS ta’lim tizimi, Agroplatforma, Situatsion markazning AgroBI tizimi, CropAgro AT, Reagro AT, E-Urug‘ AT, AgroDocs AT, AgroMonitoring AT tizim va platformalar haqida batafsil fikr almashildi.

Muhokamalarda ushbu tizimlar orqali statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish hamda integratsiya qilish masalalari muhim o‘rin oldi. Milliy statistika qo‘mitasi bilan o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichlari belgilab olindi.

Tomonlar agrar sohani raqamlashtirish orqali ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash, tahlil imkoniyatlarini kengaytirish va tizimli yechimlar yaratish muhimligini ta’kidladilar.

Agrosanoatni raqamlashtirish markazi ushbu uchrashuvni agrar sohada raqamli innovatsiyalar va statistika integratsiyasining yangi bosqichi sifatida baholaydi.