Bizning yoʻnalishlarimiz

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar.

01

Oziq-ovqat xavfsizligi

  1. Elektron agrosanoat bozori portali – “Marketplace”
  2. Agrar sohadagi subsidiyalar yagona davlat “Agrosubsidiya” axborot tizimi
  3. Klaster reytinglarini avtomatlashtirilgan baholash “ReAgro” axborot tizimi
  4. “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi

02

Yer boshqarmasi

  1. Qishloq xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanish va hisobini yuritish, qishloq xoʻjaligi ekinlari monitoringini amalga oshirish imkonini beruvchi ArcGIS geoaxborot tizimi
  2. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijraga berishga moʻljallangan “E-IJARA” axborot tizimi
  3. Qishloq xoʻjaligi yerlari foydalanuvchilaridan takliflarni qabul qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, ma’lumot va hisobotlarni shakllantirish uchun foydalaniladigan “CropAgro” axborot tizimi

03

Suv boshqarmasi

  1. Avstriyaning “BAUER” GmbH kompaniyasi va uning qishloq xoʻjaligida taklif etayotgan suv tejovchi texnologiyalari
  2. “Rubicon” suv resurslarini boshqarish tizimi
  3. Suv balansi va sarfi hisobini yuritish hamda yerlarni toʻgʻri sugʻorishni masofaviy monitoring yuritishning elektron prototip modelini (Fargʻona viloyati misolida) ishlab chiqish

04

Moliyaviy boshqaruv

  1. Agrar siyosatni amalga oshirishning asosiy axborot vositasi agrosanoat majmuasida yagona “Agroplatforma” axborot tizimi
  2. “Agrotexnik tadbirlarni hisobga olgan holda fermerning biznes-rejasini onlayn hisob-kitob qilish” axborot tizimi

05

Fan va ta’lim

  1. Toshkent viloyati agroxizmatlar markazida joriy etilgan “AKIS CENTER” axborot tizimi
  2. Toshkent davlat agrar universitetida “Smart Campus” loyihasini tadbiq etish. Mazkur loyiha kutubxona, abiturientlar, talabalar yotoqxonalari, buxgalteriya, talabalar va oʻqituvchilarning oʻquv jarayonlarini avtomatlashtiruvini beruvchi bir necha modullardan tashkil topgan

06

Qishloq xojaligi texnikasi

  1. “Davlat sinovlaridan oʻtgan, import qilingan va respublika ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi va meloratsiya texnikalarining yagona davlat reyestri” axborot tizimi

Mijozlarimiz va hamkorlarimiz biz haqimizda

Biz bilan ishlaganlarning fikrlari va tilaklari bilan tanishishingiz mumkin. Balki keyingi fikrlarni aynan siz qoldirarsiz.

Hamkorlarimiz

Yillar mobaynida markazimizga nafaqat agrar yoʻnalishidagi tashkilotlar, shuningdek boshqa soha vakillar guruhi ham hamkorlik koʻmagini amalga oshirib kelmoqda. Bu katta tajribaga va Oʻzbekiston amaliy bozorida nufuzga ega mutaхassislardir. Ular koʻrsatayotgan IT, aхborot yordami, maslahat koʻmagi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bizning faoliyatimizda hozir boʻlishlari, qoʻshma loyihalar va muntazam oʻtkazilayotgan tadbirlar uchun ularga minnatdorlik bildiramiz va koʻp yillar mobaynida samarali hamkorlikka umid qilamiz.