Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar.
01
Oziq-ovqat xavfsizligi
Elektron agrosanoat bozori portali – “Marketplace”
Agrar sohadagi subsidiyalar yagona davlat “Agrosubsidiya” axborot tizimi
Klaster reytinglarini avtomatlashtirilgan baholash “ReAgro” axborot tizimi
“Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi
02
Yer boshqarmasi
Qishloq xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanish va hisobini yuritish, qishloq xoʻjaligi ekinlari monitoringini amalga oshirish imkonini beruvchi ArcGIS geoaxborot tizimi
Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijraga berishga moʻljallangan “E-IJARA” axborot tizimi
Qishloq xoʻjaligi yerlari foydalanuvchilaridan takliflarni qabul qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, ma’lumot va hisobotlarni shakllantirish uchun foydalaniladigan “CropAgro” axborot tizimi
03
Suv boshqarmasi
Avstriyaning “BAUER” GmbH kompaniyasi va uning qishloq xoʻjaligida taklif etayotgan suv tejovchi texnologiyalari
“Rubicon” suv resurslarini boshqarish tizimi
Suv balansi va sarfi hisobini yuritish hamda yerlarni toʻgʻri sugʻorishni masofaviy monitoring yuritishning elektron prototip modelini (Fargʻona viloyati misolida) ishlab chiqish
04
Moliyaviy boshqaruv
Agrar siyosatni amalga oshirishning asosiy axborot vositasi agrosanoat majmuasida yagona “Agroplatforma” axborot tizimi
“Agrotexnik tadbirlarni hisobga olgan holda fermerning biznes-rejasini onlayn hisob-kitob qilish” axborot tizimi
05
Fan va ta’lim
Toshkent viloyati agroxizmatlar markazida joriy etilgan “AKIS CENTER” axborot tizimi
Toshkent davlat agrar universitetida “Smart Campus” loyihasini tadbiq etish. Mazkur loyiha kutubxona, abiturientlar, talabalar yotoqxonalari, buxgalteriya, talabalar va oʻqituvchilarning oʻquv jarayonlarini avtomatlashtiruvini beruvchi bir necha modullardan tashkil topgan
06
Qishloq xojaligi texnikasi
“Davlat sinovlaridan oʻtgan, import qilingan va respublika ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi va meloratsiya texnikalarining yagona davlat reyestri” axborot tizimi
Yillar mobaynida markazimizga nafaqat agrar yoʻnalishidagi tashkilotlar, shuningdek boshqa soha vakillar guruhi ham hamkorlik koʻmagini amalga oshirib kelmoqda. Bu katta tajribaga va Oʻzbekiston amaliy bozorida nufuzga ega mutaхassislardir. Ular koʻrsatayotgan IT, aхborot yordami, maslahat koʻmagi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bizning faoliyatimizda hozir boʻlishlari, qoʻshma loyihalar va muntazam oʻtkazilayotgan tadbirlar uchun ularga minnatdorlik bildiramiz va koʻp yillar mobaynida samarali hamkorlikka umid qilamiz.