O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» Qurbon hayiti bilan tabriklaydi
28.06.2023
6 665
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" jamoasi dunyodagi jamiki musulmon ummati uchun mo’tabar va qadrli, saodatli hamda ulug‘ ayyomda yurtimiz ahlini Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi. Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizda olijanob fazilatlarni, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» xodimlari loyiha ustida qizg’in suhbat qurmoqdalar.
16.06.2023
6 321
Qishloq xo‘jaligini raqamli va geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi 2021-yilda tashkil topgan.
Janubiy Koreya va Qishloq xo’jaligi vazirligi mutasaddilari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi
16.06.2023
5 933
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish istagida bo‘lgan koreyalik yetakchi korxonalarning uchuvchisiz parvoz apparatlari taqdim etildi.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tdi.
08.06.2023
6 821
Yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat statistika agentligi, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) ishtirok etdilar. Mazkur yigilishda Idoralararo ishchi guruhlari loyihalar ustida fikr-mulohaza almashdilar.
«Agrosanoat raqamlashtirish markazi» va «Global Green Growth Institute» (GGGI) kompaniyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
30.05.2023
1 377
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazi direktori Utkir Maxmudov hamda markazning boshqa xodimlari, GGGI kompaniyasining vakillari va agrar soha ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etdi.
Qishloq xo’jaligi vazirligi raqamlashtirish markazi va Moldavaning «DAC.digital» kompaniyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
30.05.2023
622
2023-yilning 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Agrosanoatni raqamlashtirish markazida Moldovaning "DAC.digital" kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad – mamlakatlarimizda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish sohasida tajriba almashishdan va kelgusida birgalikda yangi loyihalarni ishlab chiqishdan iborat.
“Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son Qaror imzolandi
26.05.2023
1 680
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Prezidentning “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida ham muhim masalalar qamrab olingan.
Sun’iy intellekt qaysi film yoki serial sizga yoqishini oldindan qanday biladi?
25.05.2023
1 488
Sun’iy intellekt (AI) muayyan vazifalarni bajarish uchun inson xatti-harakatlariga taqlid qila oladigan va olingan ma’lumotlar asosida asta-sekin o‘rgana oladigan tizimdir. Sun’iy intellekt haqida gap ketganda, ko‘pchilik yashirincha dunyoda o‘z ustunligini isbotlashga tayyorlanayotgan gumanoid mashinani tasavvur qiladi. Ammo, aslida, sun’iy intellekt ma’lumotlarni tahlil qilish va bashorat qilish qobiliyatimizni kengaytira oladi, lekin hech qanday holatda odam o‘rnini bosmaydi. Chunki bugungi kundagi mavjud tizimlarni juda tor doiradagi sohalarda qo‘llash mumkin.
Toshkentda Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlikning elektr aloqa va axborot-kommunikatsiya operatorlari kengashining 44-yig‘ilishi o‘tkazildi
24.05.2023
932
“O‘zbektelekom” AK mezbonlik qilgan ushbu nufuzli tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov, ASMHning to‘liq a’zolari – Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va Turkmaniston aloqa ma’muriyatlari delegatsiyalari, shuningdek, One We, Iskratel Ltd, Huawei kabi tashkilotlarning vakillari ishtirok etdilar.