logo-grreen
Qishloq xo’jaligi vazirligi raqamlashtirish markazi va Moldavaning “DAC.digital” kompaniyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Qishloq xo’jaligi vazirligi raqamlashtirish markazi va Moldavaning “DAC.digital” kompaniyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

2023-yilning 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Agrosanoatni raqamlashtirish markazida Moldovaning “DAC.digital kompaniyasi  bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad – mamlakatlarimizda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish sohasida tajriba almashishdan va kelgusida birgalikda yangi loyihalarni ishlab chiqishdan iborat.

 

 

Eslatma: DAC.digital – xalqaro hamkorlik shakllantirish, ommaviy axborot vositalarida ishtirok etish tajribasiga ega bo’lgan, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqadigan, tegishli sohalarda xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish kabi yo‘nalishlarda loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan kompaniya xisoblanadi.

Uchrashuv doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi masʼulligida amalga oshirilayotgan loyihalar, DAC.digital kompaniyasi bilan hamkorlikda loyihalarini amalga oshirish, jumladan, elektron tijorat, xususan marketplace dasturlari, daladan savdo do‘konchasiga bo‘lgan zanjirdagi jarayonlar, narx-navo siyosatini shakllanishini monitoring qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchilar, mahsulotlarni yetkazib beruvchilar va isʼtemolchilar o‘rtasida shartnomaviy munosabatlarga ko‘maklashuvchi tizimni yaratish, hosildirlik xaritalarini tuzish uchun uchuvchisiz uchish apparatlari texnoligiyalardan foydalanish  masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, hamkorlik memorandumini imzolash va o‘zaro manfaatli loyihani amalga oshirish masalalari kelishib olindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, hamkorlik memorandumini imzolash va o‘zaro manfaatli loyihani amalga oshirish masalalari kelishib olindi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.