O‘zbekiston va Turkiya: Agrar sohani sug’urtalash

O‘zbekiston va Turkiya: Agrar sohani sug’urtalash

Qishloq xo‘jaligi vazirligining boshqarma boshliqlari, tizim tashkilotlari vakillari qatnashgan uchrashuvni o‘zbek tomoni yurtimizdagi agrar soha holati bilan mehmonlarni tanishtirishdan boshladi. Dastlab, Qishloq xo‘jaligining tarkibiy tuzilmasidan tortib, mamlakatimizning yer maydoni va demografik holati, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari kabi muhim maʼlumotlarni Vazirlikning Statistik tahlil boshqarmasi boshlig‘i Nodirjon Sadriddinov uchrashuv ishtirokchilari eʼtiboriga taqdim etdi.
«9 may – Xotira va qadrlash kuni» qutlug‘ bo‘lsin!

«9 may – Xotira va qadrlash kuni» qutlug‘ bo‘lsin!

O‘zbekistonda xalqimiz birdamligi va jasoratining timsoliga aylangan 9 May — Xotira va qadrlash kuni  nishonlanmoqda. Biz Vatan ozodligi yo‘lida og‘ir-sinovli kunlarda birdam va ahillikda g‘alaba uchun butun kuchini safarbar qilgan ko‘p millatli xalqimizning abadiy mardona xatti-harakatlarini ulug‘laymiz.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan “Agroplatforma” axborot tizimi sinov tariqasida joriy etilmoqda

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan “Agroplatforma” axborot tizimi sinov tariqasida joriy etilmoqda

Bugungi kunda, agrar sohada o‘nlab axborot va geoaxborot tizimlari joriy etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, tezkorligi va qulayligini ta’minlash bilan bir qatorda sohada aniq va ochiq statistik ma’lumotlarni shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini prognoz qilish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.