logo-grreen
Qishloq xo’jaligi vazirligi raqamlashtirish markazi va Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Qishloq xo’jaligi vazirligi raqamlashtirish markazi va Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

2023-yilning 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Turkiya Respublikasining maslahat xizmatlari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad – mamlakatlarimizda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish sohasida tajriba almashishdan iborat.

 

Mehmonlar mamlakatimizda ishlab chiqilgan yagona integratsiya platformasi tarkibiga kiruvchi geoaxborot ­– axborot tizimlari bilan tanishtirildi. Respublika bo‘ylab qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarining joylashuvi va holati, tuproq ma’lumotlari, sug‘orish tarmoqlari va boshqalar to‘g‘risidagi fazoviy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Geografik axborot tizimining onlayn namoyishi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi – tizimlashtirish, qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirish uchun olingan ma’lumotlarni monitoring qilish va ulardan foydalanishdan iborat.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazi direktori Utkir Maxmudov, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasidan Maxsudov Bobomurod Yo’ldoshovich va markazning boshqa vakillari, Turkiya Respublikasi maslahat xizmatlari, kooperativlar rahbarlari va agrar soha ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etdi.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari Turkiya Respublikasidan kelgan hamkasblarini mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishga oid qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.