Markaz xodimlari Ispaniya Qirolligining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasi tizimini o‘rganmoqda

Markaz xodimlari Ispaniya Qirolligining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasi tizimini o‘rganmoqda

Joriy yil 24-28-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Yevropa Ittifoqining ASK (Agriculture Support and Knowledge) loyihasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat statistikasi sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida Ispaniya Qirolligining qator vazirlik va tashkilotlarida bo‘ldi.

Tashrif doirasida Qirollikning Qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va oziq-ovqat vazirligi, Milliy statistika, atrof-muhitni muhofaza qilish instituti, Mursiya qishloq xo‘jaligi va iqtisodiy tadqiqotlar va ishlanmalar instituti, Kataloniyaning Qishloq xo‘jaligi departamenti, shuningdek, yetakchi tajribaga ega qator tashkilot va korxonalarning rahbariyati va mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, vazirlik vakillari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqishning to‘liq siklini kuzatish imkonini yo‘lga qo‘yish, shaffof statistik maʼlumotlarni shakllantirish va ularni barcha idoralar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga yetkazish bo‘yicha yaratilgan axborot tizimlari va imkoniyatlari o‘rganildi.

Shuningdek, mutaxassislar ishtirokida ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish, yer uchastkalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni geoaxborot tizimlarida yuritish va foydalanish, raqamli tizimlardan foydalanishni rag‘batlantirish, so‘rovnomalarni o‘tkazish usullari, uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirishda tomonlar ishini muvofiqlashtirish va ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash masalalariga doir maʼruza, namoyish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Add a Comment

Your email address will not be published.