logo-grreen
Agrosanoatni raqamlashtirish markazi xodimlari 500 tup archa ko‘chatini ekishdi

Agrosanoatni raqamlashtirish markazi xodimlari 500 tup archa ko‘chatini ekishdi

🌱Bugungi kunda respublikamizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, joylarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida 500 tup archa ko‘chatlari hashar tarzida ekildi.

Xayriya maqsadida ekilgan ushbu ko‘chatlar yetilganidan so‘ng, kasalxona bemorlari dardiga shifo bo‘lib, ularning ko‘nglini ko‘tarishiga umid qilamiz, deyishdi Agrosanoatni raqamlashtirish markazi rahbariyati.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.