Yangi yil tabrigi
Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli do‘stlar!
Sizlarni kirib kelayotgan 2026-yil — Yangi yil bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Yangi yil hayotingizga yangi imkoniyatlar, ezgu niyatlar va yorug‘ orzular olib kelsin. Har bir kuningiz quvonchli lahzalar, baraka va fayzga to‘lsin. Yangi 2026-yil Siz azizlarga ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, baxtu saodat, xotirjam va osuda hayot, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik olib kelishini tilab qolamiz.
Aziz yurtdoshlar, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan fidokorona va sermazmun mehnatingizda Yangi yil Sizga yangi kuch, yangi ilhom va yuksak natijalar ato etsin. Qilayotgan sa’y-harakatlaringiz doimo samarali bo‘lib, ezgu ishlaringiz el-yurt e’tiboriga sazovor bo‘lsin.
2026-yil yurtimiz uchun barqarorlik, taraqqiyot va farovonlik yili bo‘lib, har bir xonadonga quvonch, totuvlik va baraka olib kelsin!
Hurmat bilan, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ jamoasi