Agroportalda tijorat banklari bilan hamkorlik kengaytirildi
Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli xizmatlar imkoniyatlari yanada kengaymoqda. Endilikda Agroportal orqali tijorat banklari bilan integratsiya kuchaytirilib, foydalanuvchilar uchun qulayliklar oshirildi.
Asosiy maqsad
Mazkur yangilik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoni asosida amalga oshirilib, quyidagilarni ta’minlaydi:
- xizmatlar uchun to‘lovlarni soddalashtirish
- imtiyozli kreditlar bo‘yicha jarayonlarni tezlashtirish
- moliyaviy ma’lumotlarni onlayn ko‘rish imkoniyati
Kimlar foydalanishi mumkin?
Hozirda 14 ta tijorat banki mijozlari bo‘lgan:
- fermer xo‘jaliklari
- paxta-to‘qimachilik klasterlari
- urug‘chilik korxonalari
- ilmiy-tadqiqot tashkilotlari
Agroportal shaxsiy kabinetidagi “Tadbirlar va to‘lovlar” bo‘limi orqali barcha xizmatlardan foydalanishlari mumkin.
Hamkor banklar
Agroportal quyidagi banklar bilan ishlaydi:
Milliy bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank, Biznesni rivojlantirish banki, Mikrokreditbank, Xalq banki, Turonbank, Aloqabank, Garant bank, Madad invest bank, Universal bank, Infinbank, Hamkorbank, Trastbank.
Videoqo‘llanma
Xizmatdan foydalanish bo‘yicha video:
👉 https://t.me/uzagroministry/46617
Texnik yordam
📩 Telegram: t.me/agrogovuzchat
📞 Call-markaz: (71) 206-70-07