Agroportal orqali texnikani lizingga olish uchun ariza berish xizmati joriy etilmoqda

Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli xizmatlarni kengaytirish va fermerlar uchun qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida Agroportal platformasida yangi xizmat joriy etilmoqda.

Agrosanoatni raqamlashtirish markazi “O‘zagrolizing” AJ bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizingga olish uchun Agroportal orqali ariza berish imkoniyatini yo‘lga qo‘ymoqda.

Lizing jarayoni raqamli shaklda

Yangi xizmat foydalanuvchilarga qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida olish jarayonida ariza berish va tegishli bosqichlarni elektron shaklda amalga oshirish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan.

Xizmat doirasida quyidagi jarayonlar nazarda tutilgan:

  • qishloq xo‘jaligi texnikasini tanlash;
  • lizing olish uchun ariza yuborish;
  • shartnoma majburiyatlariga oid hujjatlarni ko‘rib chiqish;
  • lizing shartnomasini tuzish jarayonini amalga oshirish.

Fermerlar uchun qulay raqamli imkoniyatlar

Agroportal platformasida ushbu xizmatning joriy etilishi qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizingga olish jarayonlarini raqamlashtirish, foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish va tegishli xizmatlardan elektron shaklda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Agrosanoat sohasida raqamli yechimlarni rivojlantirish orqali fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun zamonaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish ishlari davom ettirilmoqda.