logo-grreen
Qishloq xo’jaligi vazirligi raqamlashtirish markazida tajriba va bilim almashish

Qishloq xo’jaligi vazirligi raqamlashtirish markazida tajriba va bilim almashish

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi raqamlashtirish markazi tashkil etilganiga mart oyida ikki yil to‘ladi. Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

    • yer resurslarini boshqarish
    • suv resurslarini boshqarish
    • moliyaviy blok
    • investitsion blok
    • ilmiy blok (metodologiya)
    • ta’lim bloki
    • oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish va monitoring.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish markazida Qirg‘iziston Respublikasi va O֮‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 2023-2025-yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining savdo aylanmasi hajmini oshirish va  agrosanoat majmui sohasida  qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmuini raqamlashtirish markazi direktori Saidagzam Alimov Qirg‘iz Respublikasi Agroiqtisodiyot vazirligi huzuridagi “Agro Smart” raqamlashtirish va marketing markazi direktori Qodirbek Burabaevga markaz faoliyati haqida so‘zlab berdi.

Farg‘ona viloyatidagi pilot loyiha misolida Markaz tomonidan ishlab chiqilgan “Geoportal” platformasining ishlash jarayoni namoyish etildi.  Bu yerda “Geoportal” – dasturiy texnologik ta’minoti fazoviy ma’lumotlar bilan ishlashi uchun  (sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan), suv resurslari, monitoring tizimlari va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar  aniq ko‘rsatilgan.

Uning asosiy vazifasi – bu kartografik web-xizmatlar asosida geoma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish, meteografiya, interfaol veb-vizualizatsiya, interfaol veb-xizmatlari asosida geografik ma’lumotlarni yuklab olish va chop etish, filtrlash va kataloglashtirish, saqlash xizmatlari va vositalari bilan ta’minlashdan iborat.

Platforma fazodan olingan suratlardan foydalangan holda to‘ldiriladi. Kelgusida bunday loyihalar butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, hozirda maxsus kameralar bilan jihozlangan kartografik va multispektral dronlar sotib olinmoqda. Dronlardan olingan manbalar o‘simliklarda so‘riladigan yorug’lik haqida ko’p miqdordagi ma’lumotlarni to’plash imkonini beradi. Olingan ma’lumotlar asosida, ekish holati to’g’risida xulosa chiqarish mumkin. Bu, o’z navbatida, qishloq xo’jaligini boshqarishga innovatsion yondashuvni, shuningdek yerlardagi dehqonchilik ishlarini aniq korishni ta’minlaydi.

Saidagzam Alimov, shuningdek, kelajakda Markaz ma’lumotni qayta ishlash uchun sun’iy intellektdan foydalanish rejalashtirganini ham aytib o‘tdi. Sun’iy intellektning mexanizmlar va tizimlarga integratsiyalashuvi odatdagi, jismoniy mehnat talab qiladigan  yoki murakkab jarayonlarni avtomatlashtirish, shu jumladan, ularning aniqligi va ishchanligini oshiradi.

Manba: https://agro.uz

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.