Agrosanoatni raqamlashtirish markazi va Koreyaning «GEOSTROY» kompaniyasi bilan loyihalar bo’yicha hamkorlikni muhokama qilishdi

Agrosanoatni raqamlashtirish markazi va Koreyaning «GEOSTROY» kompaniyasi bilan loyihalar bo’yicha hamkorlikni muhokama qilishdi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Koreya Respublikasining Geo Stroy kompaniyasi vitse prezidenti Jang Bongbae hamda vazirlik huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM boshqarma boshliqlari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kompaniya xalqaro va mahalliy miqyosda geoaxborot tizimlarini yaratish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, hududlarning aerofoto va video tasvirlari asosida raqamli xaritalar, 3D modellarni yaratish, fazoviy maʼlumotlarga ishlov berish, elektron tijoratni rivojlantirish, sohalarda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, tegishli sohalarda xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish va shu kabi yo‘nalishlarda ko’plab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

Uchrashuv doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi masʼulligida amalga oshirilayotgan loyihalar, GeoStory kompaniyasi bilan hamkorlikda loyihalarini amalga oshirish, jumladan, elektron tijorat, xususan marketplace dasturlari, daladan savdo do‘konchasiga bo‘lgan zanjirdagi jarayonlar, narx-navo siyosatini shakllanishini monitoring qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchilar, mahsulotlarni yetkazib beruvchilar va isʼtemolchilar o‘rtasida shartnomaviy munosabatlarga ko‘maklashuvchi tizimni yaratish, hosildirlik xaritalarini tuzish uchun uchuvchisiz uchish apparatlari texnoligiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, hamkorlik memorandumini imzolash va o‘zaro manfaatli loyihani amalga oshirish masalalari kelishib olindi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.