Dunyodagi ilk sun’iy energiya oroli
Energiya mustaqilligiga erishish va qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechish maqsadida Yevropa Ittifoqi davlatlari 2050 yilga kelib dengizda shamol energiyasidan 300 GVt quvvat ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Elizabet oroli loyihasi Shimoliy dengiz shamol stansiyalarini qit’aga bog‘laydi.
Dunyodagi birinchi sun’iy energiya saqlash oroli shamol turbinalaridan energiyani dengiz osti kabeli orqali olib, uni yuqori kuchlanishli elektr energiyasiga aylantiradi.
Kelajakdagi orolning tashqi perimetri okean tubidagi beton konstruksiyalardan quriladi. Ichki qismi qum bilan to‘ldiriladi, uning ustiga butun infratuzilma quriladi. Baland devor orolni shamol, yomg‘ir va to‘lqinlardan himoya qiladi. Orolning poydevori tayyor bo‘lgach, kichik port va vertolyot maydonchasi qurishni boshlaydilar, keyin esa eng muhim narsa – elektr infratuzilmasi, jumladan, o‘zgaruvchan tok podstansiyalari navbati keladi.
Orol 2030-yilda barcha shamol stansiyalari va quruqlikka to‘liq ulanishi kutilmoqda.