logo-grreen
Geymerlar qaysi operasion tizimni tanlaydilar?

Geymerlar qaysi operasion tizimni tanlaydilar?

Sentyabr oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yin xizmati foydalanuvchilarining 56 foizi Windows 10 ni ma’qul ko‘rgan. Windows 11 ikkinchi o‘rinda – uning ulushi 37 foizga yetdi. Windows 7 va Windows 8 ham geymerlar uchun eng mashhur operasion tizimlar qatoriga kiradi, lekin ularning umumiy ulushi 1,5 foizdan oshmadi.

Steam foydalanuvchilari orasida Microsoft operasion tizimlarining ulushi 96,94 foizni tashkil etadi. Linux – 1,63, macOS – 1,43 foiz ulushga ega.

Bundan tashqari, geymerlar ko‘pincha Nvidia GeForce RTX 3060 video kartasidan foydalanadilar, 16 gigabayt operativ xotiraga ega, 1920×1080 pikselli monitorda o‘ynashadi va 1 terabayt ichki xotiraga ega kompyuterni tanlashadi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.