“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi mutasaddilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
Mazkur uchrashuvda “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” rahbariyati Utkir Maxmudov hamda Bobur Tillabayev va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi Omon Musayevlar qatnashdi.
Amaliy uchrashuv doirasida, dastavval, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Respublika taraqqiyotida, farovon hayotida iqtisodiyotning zamonaviy va raqobatbardosh tarmoqlari va umuman faol pozitsiyalarga ega barcha sohalarda axborot texnologiyalari, raqamlashtirish asoslarini faol ravishda integratsiya qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” direktori Utkir Maxmudov, bugungi kunda Markaz tomonidan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida joriy etilgan amaliy ishlanmalar, raqamlashtirish loyihalari borasida fikr bildirib, baliqchilik sohasi faoliyatini raqamlashtirish afzalliklari haqida fikr bildirdi.
Xususan, sohada boshqaruv tizimi, nazorat, servis xizmatlari va qayta aloqa ishlarini optimallashtirish, operativlashtirish va eng asosiylaridan biri, bevosita xizmat iste’molchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro manfaatli va shaffof munosabatlarni yaratishga erishish mumkinligi borasida fikr bildirib o‘tdi.
Shu bilan birgalikda uyushma raisi Omon Musayev o‘z fikrlarida uyushmaning huquqiy maqomi, tashkiliy tuzilmasi haqida ma’lumot berib, markaz bilan hamkorlik faoliyatining dolzarbligi xaqida fikr bildirib, amaliy jarayonga kirishishning tashkiliy asoslari haqida gapirib o‘tdi.