O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

Respublikada Yashillik darajasini yanada  oshirish, “Yashil Makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli ta’sirlarining oldini olish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘tgan davr mobaynida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 588 gektar “yashil bog‘lar”, 662 gektar “yashil jamoat parklari”, Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida jami 40 km masofada “yashil belbog‘”lar barpo etildi.

Shu bilan birga, umummilliy loyihani samarali davom ettirish bugungi kunda kechiktirib bo‘lmas choralarni ko‘rishni talab etmoqda.

O‘zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasini yanada ommalashtirish, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:

  1. Belgilansinki, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda quyidagi qo‘shimcha mexanizmlar amalga oshiriladi:
  2. a) Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bunda:

aholi tashabbusi bilan “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo‘yicha maydon manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda qiymati 250 mln so‘mdan oshmagan tashabbus bildiriladi;

“Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o‘tkaziladi;

  1. b) Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining manzilli ko‘kalamzorlashtirish investitsiya dasturi orqali 1-ilovadakeltirilgan sxemaga muvofiq quyidagilarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi:

har bir hududda dendrariylar, dendrologiya va botanika bog‘larini tashkil qilish;

shahar va tumanlarni “yashil belbog‘”lar bilan o‘rab olish;

5 gektardan kam bo‘lmagan yirik bog‘larni barpo etish;

transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish uchun “yashil qalqon” tashkil qilish;

  1. v) moliyalashtirishda quyidagi qo‘shimcha manbalardan foydalanishga ruxsat etiladi:

suveren “yashil obligatsiyalar”, “barqaror rivojlanish obligatsiyalari”ni chiqarish;

uglerod savdosi tizimini (carbon trading system) yo‘lga qo‘yish.

Ushbu mablag‘lar yo‘naltiriladigan maqsadlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.

  1. Daraxt ko‘chatlarini ekish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirishda aholining manfaatdorligini kuchaytirish maqsadida:
  2. a) avtomobil, temir yo‘l, daryo va kanallar yoqalari, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari yer uchastkalarining foydalanilmayotgan qismida (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno) “yashil bog‘lar” ushbu yerlarning egalari, foydalanuvchilari hamda tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida 10 yilgacha quyidagi shartlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuziladigan ikki tomonlama shartnoma asosida barpo etiladi:

yo‘l bo‘yida daraxt ko‘chatlarini kamida 5 qatordan ekish;

parvarish qilgan daraxtlarining yiliga 30 foizidan oshmagan qismidan sanoat va qurilish maqsadida foydalanishga imkon berish;

  1. b) yer uchastkalari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “yashil bog‘” barpo etish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ikki hafta muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan shartnomalar tuzilishini va belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin.

  1. Adliya vazirligi bir hafta muddatda yashil hudud va unda ekilgan daraxt va butalarni parvarishlash hamda ulardan foydalanish uchun “Yashil bog‘” barpo etish to‘g‘risida namunaviy shartnoma loyihasi ishlab chiqilib, vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yetkazilishini ta’minlasin.
  2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligi) Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda har yili “Eng yashil mahalla” tanlovini o‘tkazish va tanlov natijalari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

mahallaning tegishli jamg‘armasiga daraxtlar ekish va sug‘orish, “yashil jamoat parki”ni yaratishga jami 500 million so‘mdan o‘tkazib berish;

o‘zini o‘zi boshqarish organlariga xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil xarid qilish va topshirish choralari ko‘rib borilishini ta’minlasin.

  1. Ekologiya vazirligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yilda o‘rmon fondining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida ko‘chat yetishtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali kamida 10 ming nafar aholining bandligini ta’minlasin. Bunda:

o‘rmon fondi mavjud yerlarining joriy holati (toifasi)dan kelib chiqqan holda har bir kasanachilik asosida ko‘chat yetishtiruvchiga kamida 5 gektargacha yerlar shartnoma asosida biriktiriladi;

kasanachilik asosida ko‘chat yetishtirish 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi;

kasanachilik asosida ko‘chat yetishtirishni yo‘lga qo‘yish uchun talab etiladigan dastlabki maqsadli mablag‘lar Ekologiya jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.

  1. Ekologiya vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:

jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari asosida daraxt va buta ko‘chatlarini ekishni tashkillashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektron to‘lov tizimlaridan foydalanuvchilar va boshqa iste’molchilar tomonidan ixtiyoriy xayriya o‘tkazmalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi “Yashil to‘lov” platformasini joriy qilish;

Ekologiya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Yashil to‘lov” platformasi orqali respublikada daraxt va buta ko‘chatlarini ekishga aholini keng jalb qilish bo‘yicha Yashil xayriya jamg‘armasini tashkil etish;

Yashil xayriya jamg‘armasining boshqaruvi kengashi raisi vazifasini ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri tomonidan jamoatchilik asosida bajarish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Ekologiya vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan birgalikda 4-ilovagamuvofiq 2024 — 2026-yillarda ihota daraxtzorlarini barpo etish choralarini ko‘rsin.

Bunda, “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan ko‘chatlar ekilishi ko‘zda tutilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari xatlovdan o‘tkazilib, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda loyiha-qidiruv ishlari amalga oshiriladi.

  1. Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish bo‘yicha 2020-2021-yillarda boshlangan ishlarni uzviy davom ettirish maqsadida quyidagilar:

2024 — 2026-yillarda Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish dasturi va prognoz ko‘rsatkichlari 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;

2024 — 2030-yillarda respublika shaharlari hamda ularning atroflarida “yashil belbog‘”lar barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Ekologiya vazirligi va Toshkent shahri hokimligining “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eksperiment tariqasida Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning pasportini yaratish (keyingi o‘rinlarda — daraxtlarni pasportlashtirish) to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
  2. Belgilansinki, Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

birinchi bosqich (2024-yil 1-martga qadar) — aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda mavjud daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno);

ikkinchi bosqich (2024-yil 1-noyabrga qadar) — xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan daraxtlarning turi, yoshi, bo‘yi, holati va joylashuv koordinatasini aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi;

uchinchi bosqich (2024-yil 31-dekabrga qadar) — ma’lumotlar bazasi asosida “Yashil makon” elektron platformasida har bir daraxtga pasport shakllantiriladi va ID raqam beriladi.

  1. Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi idoralararo respublika ishchi guruhi 7-ilovagamuvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Respublika ishchi guruhi (Abduxakimov):

daraxtlarni pasportlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, vazirlik va idoralarning bu boradagi ishini muvofiqlashtirish, mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal qilish choralarini ko‘rsin;

har oyda daraxtlarni pasportlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin;

2025-yil 1-fevralga qadar eksperiment yakunlaridan kelib chiqib, respublikaning boshqa hududlarida ham daraxtlar pasportini joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

  1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024 — 2028-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha milliy dastur (keyingi o‘rinlarda — Milliy dastur) 8-ilovagamuvofiq tasdiqlansin:

“yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlarini barpo etishni izchil davom ettirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va ularni tizimli rivojlantirish;

ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va boshqa turdagi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish;

aholi salomatligini tiklash, ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish;

donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, jamg‘armalar va kompaniyalar mablag‘larini keng jalb qilish bo‘yicha xalqaro aloqalarni yanada kuchaytirish.

  1. Belgilab qo‘yilsinki:

Milliy dasturda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish 2024-yil va keyingi yillar uchun tasdiqlanadigan Davlat budjetida ko‘zda tutiladi;

Milliy dasturga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va monitoring qilish barcha davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ustuvor vazifasi etib belgilanadi.

  1. Ekologiya vazirligi 2024-yildan boshlab o‘zining tizimidagi tashkilotlarda yomg‘ir suvlarini to‘plash uchun membrana (rezervuar)lari tashkil etish hamda zamonaviy suv resurslarini tejash uslublari orqali daraxt va butalarni sug‘orish tizimi yaratilishini ta’minlasin.

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2024-yil yakunigacha ushbu tizimni tasarrufidagi tashkilot va muassasalarda joriy etish choralarini ko‘rsin.

  1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-martdan boshlab:

yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlar, agar ularga tutash hududlardagi yerlarning kamida 25 foizi ko‘kalamzorlashtirish maydonlariga ajratilmagan va ularda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilmagan taqdirda, davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinmaydi;

atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga kiruvchi sanoat korxonalari loyiha hujjatlari bo‘yicha beriladigan davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida o‘z va tutash hududlarida “yashil belbog‘”lar barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish majburiy bo‘lgan talab etib belgilanadi;

ko‘chatlar ekish va ularni parvarishlash hamda sug‘orish tadbirlarini moliyalashtirish masalalari vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarining yillik xarajatlar smetasida hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub sanoat korxonalari, maxsus iqtisodiy zonalar hududlarida joylashgan sanoat korxonalarining yillik biznes rejalarida ko‘zda tutiladi.

  1. Ekologiya vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarning umumiy shtatlari doirasida o‘rmon urug‘chiligini rivojlantirish, o‘rmon o‘simliklari urug‘lari tahlilini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan muvofiqlashtirish, zamonaviy texnologiyalar asosida ko‘chat yetishtirish va ko‘chatchilik seleksiyasi tizimini takomillashtirish masalalarini tizimlashtirish maqsadida:
  2. a) Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi (keyingi o‘rinlarda — Universitet) Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi masalalari laboratoriyasi;
  3. b) Universitet huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida:

“in-vitro” laboratoriyasi va uning hududiy bo‘linmalari;

“O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari) bo‘linmalari;

  1. v) “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tuzilmasida alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Daraxt kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati tashkil etilsin.

Ekologiya vazirligi tizimida yangi tashkil etilayotgan tuzilmalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish jadvali 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ekologiya vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi agentligining talabnomasiga muvofiq o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan o‘rmon barpo etish, uning qayta tiklanishini ta’minlash, muhofaza qilish va o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashish tadbirlari uchun zarur asbob-uskunalar va maxsus texnikalarni sotib olish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha hisob-kitoblarga asosan 2024 — 2026-yillarda respublika budjetidan talab etiladigan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklarining bosqichma-bosqich 2024 — 2026-yillarda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash prognoz ko‘rsatkichlari 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 11-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 12-ilovagamuvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  3. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
  4. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.A. Abduxakimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.

Add a Comment

Your email address will not be published.