Aniq bir ilova uchun mo‘ljallangan makros ko‘rinishidagi fayl virusi. Zararlangan fayl ochilganda  virus dasturga birikib oladi va u murojaat qiladigan barcha fayllarni zararlaydi.

Makroviruslar hujjatlar, elektron jadvallar va boshqa ma’lumotlar fayllarini yaratish uchun makrolarga o’z kodlarini qo’shadi. Konsept deb nomlangan birinchi makrovirus 1995 yil iyul oyida paydo bo’lgan.