logo-grreen
Qurbon hayiti muborak bo’lsin!

Qurbon hayiti muborak bo’lsin!

Qadrli hamkasblar va aziz do‘stlar, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ jamoasi barchangizni muqaddas Qurbon Hayit bayrami bilan tabriklaydi.

Qadim zamonlardan buyon ushbu bayram o’zbek xalqining ma’naviy hayotida alohida o’rin egallab, jamiyatdagi mehr-oqibat, saxovat va o’zaro hurmat muhitini mustahkamlab keladi. Ushbu fayzli bayramda barchangizga sog‘liq, ezgulik va farovonlik tilaymiz! Mamlakatimizda doimo tinchlik va taraqqiyot hukm sursin. Yaratganning o‘zi hamisha xayrli ishlarda va intilishlarda qo’llab-quvvatlasin. Barcha qiyinchliklar va noxushliklar sizning xonadoningizni chetlab o‘tishini tilaymiz!

Eng tabarruk orzularingiz ro‘yobga chiqsin va ko‘zlagan barcha vazifa-yu rejalaringiz amalga oshsin!

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.