2025-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini yetishtirishni imtiyozli kreditlash ishlari boshlandi

2025-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini yetishtirishni imtiyozli kreditlash ishlari boshlandi

Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator Uzinfokom” MChJ hamkorligida joriy etilgan “Agroplatforma” axborot tizimi orqali 2025-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini yetishtirishni imtiyozli kreditlash mexanizmi yangilangan tartibda yoʻlga qoʻyildi.

Bunda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, tijorat banklari va boshqa qator tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan “Agroplatforma” axborot tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda barcha jarayonlar raqamlashtirildi.

Mahsulot yetishtiruvchi xoʻjaliklar tomonidan “CropAgro” axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar asosida gʻallani vaqtincha saqlash shartnomalari, vakolatli idoralarning maʼlumotnomalari va mahsulot yetishtiruvchilarining ariza va kredit shartnomalarini “Agroplatforma” axborot tizimida avtomatlashtirilgan holda yaratish va elektron raqamli imzolardan foydalangan holda rasmiylashtirish mumkin.

Foydalanuvchilarni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJning Call-markazi (71) 206-70-07 telefon raqamlari va ijtimoiy tarmoqdagi https://t.me/agroplatforma_uz guruhi orqali tashkil etilgan.

Shu bilan birga, Qishloq xoʻjaligi vazirligining “CropAgro” axborot tizimida 2025-yil hosili uchun paxta xom ashyosi yetishtirishni rejalashtirish, birja savdolarida sotish va “Agroplatforma” axborot tizimida imtiyozli kreditlash joriy yilning 1-oktabrigacha tashkil etilishi maʼlum qilinadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.