Sara urug‘ – mo‘l hosil garovidir!

Sara urug‘ – mo‘l hosil garovidir!

Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashabbusiga asosan «Uzinfocom» bilan hamkorlikda agroplatforma.uz axborot tizimida Qishloq xo‘jaligida urug‘chilik sohasini raqamlashtirish bo‘yicha 2024-yildan boshlab paxta va g‘alla urug‘chiligi bo‘yicha aprobatsiya va tender modullari ishga tushirilib, urug‘lik yetishtiruvchi fermer (subyekt)lar uchun bir qator imkoniyat va qulayliklar yaratildi.

2025-yil hosilidan boshlab ilk marotaba urug‘lik g‘alla yetishtiruvchi fermer (subyekt)lar o‘rtasida tanlov o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Endi urug‘chilik xo‘jaliklari tender hujjatlarini to‘plash uchun vaqtini yo‘qotib tashkilotlarga bormasdan, elektron platforma orqali onlayn tarzda tuman tender komissiyasiga ariza beradi va ortiqcha qog‘ozbozlik hamda inson omilining oldi olinadi.

Tuman tender komissiyasi a’zolari esa o‘zlarining shaxsiy elektron kabinetidan fermer (subyekt)lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dasturga joylab, elektron raqamli imzosi bilan imzolaydi. Nizom talablari asosida urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan to‘plangan reyting ballari asosida dasturda onlayn baholanadi.

Ma’lumot uchun: Joriy yilda urug‘lik paxta maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini va urug‘lik g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tanlov o‘tkazishning so‘nggi muddati 10-sentabr qilib belgilandi. Shu munosabat bilan, urug‘chilik fermer (subyekt) xo‘jaliklari agroplatforma.uz axborot tizimidan foydalangan holda o‘tkazilayotgan aprobatsiya va tender tanlovlariga befarq bo‘lmasliklari so‘raladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyundagi 325-sonli qarori bilan 2024-yilda 200 ming tonna urug‘lik don jamg‘arilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda urug‘lik tayyorlovchi korxonalarga yangi hosildan 211 ming tonna (105%) va o‘tgan yilgi hosildan 45 ming tonna tindirilgan urug‘lik don zaxirasi jamg‘arilgan.

Ma’lumot uchun:
Ayrim tadbirkor va fermer xo‘jaliklari tomonidan qo‘shimcha ravishda o‘zlarida mavjud g‘alla urug‘liklarini tayyorlash va unga muvofiqlik sertifikatini olish bo‘yicha takror-takror murojaatlariga javoban,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi kelgusi yil hosili uchun Respublikaning barcha hududlarida yetarli miqdorlarda urug‘lik zaxirasi mavjudligini va urug‘lik don uchun qo‘shimcha ehtiyoj yo‘qligini ma’lum qiladi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.