O‘zbekiston hukumati fermerlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari duch kelayotgan muammolarni hal qilishga qaratilgan Qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsiyalar strategiyasini amalga oshirmoqda
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining hamkorlikdagi EU-AGRIN loyihasi doirasida, Agrosanoatni raqamlashtirish markazi tomonidan 2024-yil sentabr oyida Farg‘ona viloyati Agroxizmatlar markazi tomonidan Agroklaster va fermerlarga Fargʻona viloyatida Geoportaldan foydalanish boʻyicha seminar oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
Seminar quyidagi asosiy maqsadlarga erishishga qaratilgan:
• Seminar va treninglar orqali fermerlarning Geoportal haqidagi bilim darajasini oshirish;
• Mutaxassislarni yangi Geoportal uskunalari va dasturiy ta’minotlari bilan ta’minlash orqali Geoportal masalalari bo’yicha o’qitish va bilimlarini oshirish;
• Fermerlarga zamonaviy geografik axborot texnologiyalaridan foydalanishda yordam berish.
Seminarda fermerlar Geoportaldan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar olishlari, yer konturlari, ekinlar haqida ma’lumot olishlari, tuproq holati va tarkibini har bir fermerning kontekstida o‘rganishlari, dalalardagi ekinlarning holatini (o’simliklar-NDVI, suv oqimlari-NDMI, azot miqdori- GNDVI) kuzatishi, shuningdek, sun’iy yo‘ldosh prognozlash vositalaridan foydalanishlari mumkin.
Ushbu vositalar fermerlarga yanada dolzarb va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish, barqaror amaliyotni targ‘ib qilish va O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Seminarda ishtirok etishni istasangiz (71) 206-70-07 raqamiga qo’ng’iroq qiling va ro’yxatdan o’ting.