Unda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R. Karimjonov ishtirok etmoqda.

Forum yoshlarni IT sohasidagi karerasini yangi bosqichga olib chiqishga yordam berish hamda ularni IT sohasidagi eng so‘ngi ta’lim tendensiyalari bilan tanishishtirish maqsadida tashkil etiladi.

5 ta dinamik seansda bilim, networking yana qimmatbaho sovg‘alar bilan boyitilgan forumda yoshlar IT sohasining katta tajriba ega mutaxassislari bilan suhbatlar, savol-javob hamda panel muhokamalarida faol ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishadi.

“IT ta’lim va frilansing” forumida ayni paytda IT olimpiadalar va videorolik tanlovi g‘oliblari, Al-Xorazmiy vorislari o‘qituvchilarini, birinchi subsidiya olgan o‘quv markazi va TOP IT akademiyalarini hamda IT influyenser-blogerlarni  taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.