Aqlli agronomiya va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish

Aqlli agronomiya va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʼyicha kengash Kotibiyati tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining Shenьsi provintsiyasida joriy yilning 5-19 sentyabr kunlari “Аqlli agronomiya va qishloq xoʼjaligini rivojlantirish” mavzusida seminarlar boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan edi. Shu munosabat bilan Qishloq xoʼjaligi vazirligi, vazirlik huzuridagi “Oʼzdavуerloyiha” DILI hamda “Аgrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJning tegishli mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi ushbu seminarlarda ishtirok etdilar.


Seminar doirasida Xitoy Xalq Respublikasining qishloq xoʼjaligi sohasiga ixtisoslashgan Yangling shahridagi taqdimotlar markazida agrar va irrigatsiya yoʼnalishlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirilgan qurilmalardan foydalanish boʼyicha oʼquv va amaliy seminarlar boʼlib oʼtdi. Bunda, joriy etilgan axborot tizimlari va suv tejovchi texnologiya turlari bilan tanishildi.


Mazkur seminarning dastlabki kunida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish ularning qishloq xoʼjaligi ekinlarini yetishtirish jarayonlaridagi afzalliklari, suv resurslarini boshqarish, ekinlarning rivojlanishi, shuningdek ushbu texnologiyalarning qoʼllash boʼyicha maʼruzalar va amaliy mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi. Oʼz navbatida Xitoy Xalq Respublikasining “Yangling Pengzhangggui Technology Co., Ltd” kompaniyasi tomonidan yaratilgan qishloq xoʼjaligi ekinlarida suv tejovchi texnologiyalarini raqamli texnologiyalar yordamida kuzatish imkoniyatlari bilan tanishtirildi.


Bundan tashqari Xitoy Xalq Respublikasining qishloq va oʼrmon xoʼjaligi shimoliy-gʼarbiy universiteti professorlari tomonidan qurgʼoqchil tumanlarida joriy qilingan qishloq xoʼjaligi sohasida suv tejovchi texnologiyalarning ahamiyati va ularga xizmat koʼrsatish boʼyicha bir qancha tajribalari oʼrganildi.

Shuningdek, oʼsimliklarning turidan kelib chiqqan holda sprinkler sugʼorish usulini qoʼllash uning afzalliklari hamda raqamlashtirish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar boʼyicha bir qator maʼlumotlar taqdim etildi.
Yangling demonstratsiya zonasida “Electric Engineering Co., Ltd” kompaniyasi tomonidan yaratilgan aqlli qishloq xoʼjaligi texnikalari jumladan, suv tejovchi texnologiyalari joriy qilish va qoʼllashda foydalaniladigan texnikalari hamda gidroponika usulida yetishtirilayotgan qishloq xoʼjaligi ekinlari hamda vaziyatlarni tahlil qilish markazi bilan tanishtirildi.

“Zhongjie Sifang Biological Technology Co., Ltd” kompaniyasining suv tejovchi qurilmalaridan foydalangan holda ekologik jihatdan toza va isteʼmol uchun foydali boʼlgan meva va sabzavot ekinlari jumladan pomidor, makkajoʼxori, anjir, kivi, uzum, olma va boshqa turdagi qishloq xoʼjaligi ekinlarini yetishtirish jarayonlarini toʼgʼridan toʼgʼri joyiga chiqqan holda kuzatish ishlari amalga oshirildi.


Bundan tashqari Yangling professional texnologiyalar kollejida oʼrmon hamda landshaftlar loyihalari bilan ham tanishildi.

Mashgʼulotlar davomida olingan bilimlar mutaxassislarning raqamli texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yaratilgan tizimlarni takomillashtirish, shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarga oid boʼlgan dolzarb tahliliy maʼlumotlarni yaratish kabi faoliyatlarida foydalanish belgilandi.

Shuningdek, seminar doirasida Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi “Аgrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ tomonidan respublikamizda qishloq xoʼjaligi va suv xoʼjaligini raqamlashtirish yoʼnalishlarida olib borilayotgan loyihalar va ishlar boʼyicha taqdimotlar oʼtkazildi. Mazkur taqdimotda Xitoy Xalq Respublikasining agrar yoʼnalishidagi professor xodimlar ishtirok etib, oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar taqdim etildi, shuningdek, yaratilgan tizimlarni takomillashtirish yuzasidan oʼzlarini takliflarini bildirishdi. Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.