O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmoni bilan boshlangan yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida:

  1. Belgilansinki:
  2. a) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida — 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni o‘n besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

boshqa aholi punktlarida — 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni o‘n besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

  1. b) barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati o‘n besh ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi, bundan boshlang‘ich narxi 50 foizdan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari mustasno;
  2. v) yer uchastkalari eng yaxshi taklifni tanlash asosida baholovchi tashkilot aniqlaydigan bozor qiymatida Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri realizatsiya qilinganda, ushbu yer uchastkasi uchun quyidagi shakllardan birida hisob-kitob qilinishi mumkin:

yer uchastkasining qiymatini bevosita to‘lash, shu jumladan, ushbu bandga muvofiq bo‘lib-bo‘lib to‘lash;

yer uchastkasining qiymatini talabgor tomonidan tashkil etilgan (tashkil etiladigan) xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga 1-ilovada belgilangan shartlar asosida davlat ulushi sifatida kiritish.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini (keyingi o‘rinlarda — yangi massivlar) shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga 2-ilovadabelgilangan asosiy shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi berilsin. Bunda:

loyiha tashkilotlari yangi massiv barpo etiladigan hududni tanlash, yer uchastkalarini qurilish uchun tayyor holatga keltirish, hududni zonalashtirish va uning master rejasini ishlab chiqish, yer uchastkalarini lotlarga bo‘lgan holda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilish ishlarini tashkil etadi;

yangi massiv hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga loyiha tashkilotlarini jalb qilish bo‘yicha xarajatlarning 30 foizigacha qismi (avans to‘lovi) tegishlicha tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari va Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, qolgan qismi esa, loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda, ushbu yangi massivdagi yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan mazkur jamg‘armalarga tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

  1. Belgilansinki, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar 3-ilovadanazarda tutilgan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi. Bunda:

xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig‘ida joylashgan ko‘p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi;

Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasida xususiy investorga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarining jami maydoni hamda ko‘p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlarning jami maydoni alohida ko‘rsatiladi;

Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi xususiy investorga birlashtirilgan yer uchastkasida qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun vakolatli organlarga murojaat qilish huquqini beradi;

birlashtirilgan yer uchastkasi hududida loyihalashtiriladigan va quriladigan obyektlar egallaydigan jami yer maydoni Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasida xususiy investorga tegishliligi ko‘rsatilgan yer uchastkalarining jami maydonidan oshmasligi shart;

birlashtirilgan yer uchastkasi hududida qurilishi rejalashtirilgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari kelishilganidan keyin, ularga asosan Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi rasmiylashtiriladi, unda xususiy investorga tegishli bo‘ladigan yer uchastkalarining, ko‘p kvartirali uylarga tutash yerlarning va umumiy foydalanishdagi yerlarning yangi chegaralari ko‘rsatiladi.

  1. Belgilansinki:

mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo‘sh turgan yer uchastkalari o‘rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi;

mazkur Farmonning 3-bandida nazarda tutilgan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, oldindan bo‘sh bo‘lmagan yer uchastkalari o‘rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini xususiy investor egaligidagi yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.

  1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda (realizatsiya qilishda) 4-ilovada belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko‘rsatiladi;

yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo‘lgan, biroq uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda yer solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi, bundan Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida joylashgan yer uchastkalari mustasno;

qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish uchun sarflangan muddat, shuningdek, davlat organlari va mansabdor shaxslarning sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan xatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida o‘tkazib yuborilgan muddat obyektni foydalanishga topshirish muddatidan chegirib tashlanadi;

loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlariga rioya qilinmaganda, tuman (shahar) hokimligi tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish va yer uchastkasini boshqa shaxsga realizatsiya qilish uchun elektron onlayn auksionga chiqarish to‘g‘risida sudga majburiy tartibda da’vo arizasi kiritiladi;

sud qaroriga asosan yer uchastkasini takroran realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar hisobidan ushbu yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi bekor qilingan shaxsga mazkur yer uchastkasini olish uchun haqiqatda to‘lagan mablag‘lari qaytarib beriladi, bunda yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash va auksion o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar chegirib qolinadi.

  1. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

yer fondining barcha toifalari va yer turlari, shu jumladan, oldindan mavjud va yangidan ajratiladigan (realizatsiya qilinadigan) yer uchastkalari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi;

yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq asosiy, shartli ravishda ruxsat berilgan va yordamchi turlarda belgilanadi, bunda yer uchastkasida joylashgan kapital qurilish obyektidan foydalanish maqsadi yer uchastkasining ruxsat etilgan foydalanish turiga muvofiq bo‘lishi shart;

yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi yer uchastkalarini berishda (realizatsiya qilishda), ularni baholash, auksion savdolari uchun boshlang‘ich narxini aniqlashda, qurilish sohasida ruxsat beruvchi xususiyatga ega hujjatlarni rasmiylashtirishda, ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga yuklamani hisoblashda, soliq stavkalariga oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llashda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda inobatga olinadi;

shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olishga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga qo‘shimcha yuklamani kompensatsiya qilish sharti bilan yo‘l qo‘yiladi, bunda ushbu to‘lovlar Toshkent shahrida 2027-yil 1-yanvarga qadar huquqiy eksperiment doirasida kiritilgan qurilish hajmining har bir kub metri uchun undiriladigan to‘lovlar shaklida olinadi;

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha) hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha) ruxsat etilgan foydalanish turini belgilash va o‘zgartirish masalalarida vakolatli organlar hisoblanadi.

  1. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 5-ilovagamuvofiq tasdiqlansin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovagamuvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
  3. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
  4. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov va J.A. Xodjayev belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.