Endi siz yurgan yo‘lingizda elektr energiyasi ishlab chiqarishingiz mumkin!
Tinib-tinchimagan yaponiyaliklar hattoki odamlarning bosgan qadamidan ham elektr energiyasi ishlab chiqarishmoqda.
Dunyoga mashhur Tokio metrosida piyezoelektrik texnologiyadan foydalangan holda, yo‘lovchilarning oyoq tovushlaridan chiqqan energiyani elektr tokiga aylantirib foydalanilmoqda.
Bunday elektr energiyasi stansiyani quvvatlantirishga yordam beradi.
Bu hali hammasi emas, magistral yo‘llar ham o‘tayotgan transport vositalarining tebranishlaridan elektr energiyasini ishlab chiqaradigan piyezoelektrik materiallar bilan jihozlangan.
Bularning barchasi kundalik trafikni quvvat manbaiga aylantirishga yordam beradi.
Tokiodagi Shibuya yo‘lagi dunyodagi eng gavjum piyodalar o‘tish joyi deb ham nomlanadi.
Bu yerdan har daqiqada minglab odamlarning barcha yo‘nalishlarda kesib o‘tayotganini ko‘rish mumkin.
Bu esa inson omili energiya ishlab chiqarishi uchun ham qulay imkoniyatdir.
Aytingchi, bunday ajoyib texnologiyadan O‘zbekistonning aynan qaysi go‘shasida foydalanish mumkin?