O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yangi bosqich!
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun elektron tanlov o‘tkazilishi haqidagi xabarni eʼlon qilish, uni o‘tkazish, tanlov natijalarini rasmiylashtirish, hisob-kitob qilish ishlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.03.2025 yildagi 166-son qarori tasdiqlandi.
Qaror ijrosini taʼminlash uchun “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ tomonidan “E-urug‘” axborot tizimi (e-seeds.uz havolasida) ishga tushirildi. Ushbu tizim tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish, monitoring va aprobatsiya tadbirlari uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari bazasini shakllantirish, shuningdek, yuridik shaxslarning ushbu jarayonlarda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimidir.
📌 “E-urug‘” nimalarga imkoniyat yaratadi?
🔹 Urug‘chilik faoliyatini shaffof va tizimli boshqarish;
🔹 Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining urug‘ yetishtirish huquqiga ega bo‘lishini baholash;
🔹 Urug‘ sifati va sertifikatlashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish;
📊 Baholash metodikasi
Fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari urug‘ yetishtirish huquqiga ega bo‘lishi uchun tanlov asosida baholanadi. Bunda:
✔️ Yer maydonining holati, yaʼni er unumdorligi, suv taʼminoti, kasallikka chalinmaganligi va boshqalar;
✔️ Ishtirokchining mavjud qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari
✔️ So‘nggi yilda yetishtirilgan paxta hosildorligining o‘rtacha ko‘rsatkichi va boshqalar
Joriy yil uchun paxta urug‘liklarni yetishtirish uchun 2025 yil 19 martdan 25 martga qadar muddati belgilandi.
Hozirgi kunda Tanlov jarayoni yakunlanib, tanlov gʼoliblarini eʼlon qilinishi kutilmoqda.