2022-yilda elektron agrosanoat savdo portali – “Marketplace” ishga tushirildi. Fermerlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, yirik klasterlar, agrologistika markazlari, qayta ishlovchilar, mayda va yirik savdo tarmoqlari savdo portali foydalanuvchilariga aylanishadi. “Marketplace”, ayniqsa, moliyaviy xizmatlar kam bo‘lgan aholi punktlarida yashovchilar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning kam mobil toifalari uchun dolzarb bo‘ladi. Kelgusida ushbu platforma orqali eksport shartnomalarini tuzish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirish mumkin bo‘ladi.