Agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini kuchaytirish, g‘alla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish hamda iste’molchilarni sifatli don mahsulotlari bilan ta’minlash, g‘alla bozorida davlat ishtirokini yanada kamaytirgan holda ichki bozorga sifatli don mahsulotlari yetkazib berishni tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovagamuvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
  2. a) Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zagroinspeksiya”) agrosanoat majmuida davlat nazorati va tekshiruvni amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanishi hamda Vazirlar Mahkamasiga bevosita hisobdorligi;
  3. b) “O‘zagroinspeksiya” tomonidan:

bug‘doyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdorini hisobdan chiqarish, shuningdek, bug‘doy yetishtiruvchilardan xarid qilinadigan bug‘doyni qabul qilish va sotish jarayonlarida standart talablariga ko‘ra sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha (muvofiqlik sertifikati) hamda bug‘doy sinflari (sifat sertifikati) bo‘yicha sertifikatlashni nazorat qilish;

idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va ta’mirlash xizmatlarining sifati, qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan o‘tkazish ustidan nazoratni amalga oshirish;

import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lik va ko‘chat materiallarida geni modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) mavjudligini aniqlash.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
  2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2025-yil 1-aprel,

197-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-son qaroriga
ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

  1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarorining 3-bandi beshinchi xatboshisidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  2. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 4-sentabrdagi 200-son qarorining 5-bandi birinchi xatboshisidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxatining29-pozitsiyasi “Mas’ullar” ustunidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urta urug‘lik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
  5. a) 11va 28-bandlardagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  6. b) 1-ilovada:

“G‘o‘za va boshoqli don ekinlari uchun” bo‘limining 5-bosqich “Mas’ullar” ustunidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

“Boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari uchun” bo‘limining 4-bosqich “Mas’ullar” ustunidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

  1. v) 2va 3-ilovalarmatnidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2016-yil 18-martdagi 80-son qarorining rus tilidagi matnida:
  3. a) 4-banddagi“Ministerstve selskogo xozyaystva” so‘zlari “Kabinete Ministrov” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  4. b) ilovaning 22-bandidagi“Ministerstve selskogo xozyaystva” so‘zlari “Kabinete Ministrov” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  5. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 31-martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan “Don xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentning rus tilidagi matnining 48-bandidagi“Ministerstvo selskogo xozyaystva” so‘zlari “Kabinete Ministrov” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 8-ilovaning280-pozitsiyasidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy urug‘chilik klasterlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-iyundagi 512-son qarorida:
  8. a) 14-bandning birinchi xatboshisidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  9. b) 2-ilovaning 8-bandi birinchi xatboshisidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandida:

yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.

  1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qarorida:
  2. a) nomidagi, 1-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilaridagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  3. b) 1-bandquyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi inspektorlarining formali kiyim-boshlari va farqlash belgilari namunalari va tavsifi 31-ilovaga muvofiq”;

beshinchi xatboshi tegishlicha oltinchi xatboshi deb hisoblansin.

  1. v) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  2. g) 1-ilovada:

nomidagi va 1-banddagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

2-banddagi “Inspeksiya respublika ijro etuvchi organi hisoblanadi” so‘zlari “Inspeksiya agrosanoat majmuida davlat nazorati va tekshiruvni amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

3-banddan “Qishloq xo‘jaligi vazirligi hay’ati qarorlari va vazir buyruqlari,” so‘zlari chiqarib tashlansin.

5-banddagi va 8-bandning birinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

10-bandda:

“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ministerstva selskogo xozyaystva” so‘zlari “Kabinete Ministrov” so‘zlari bilan almashtirilsin;

“v” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ministry of Agriculture” so‘zlari “Cabinet of Ministers” so‘zlari bilan almashtirilsin;

11-bandda:

quyidagi mazmundagi gva gkichik bandlar bilan to‘ldirilsin:

“g1) bug‘doyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdorini hisobdan chiqarishni nazorat qilish;

g2) qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tijorat vakili tomonidan bug‘doy yetishtiruvchilardan xarid qilinadigan bug‘doyni qabul qilish va sotish jarayonlarida standart talablariga ko‘ra sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha (muvofiqlik sertifikati) hamda bug‘doy sinflari (sifat sertifikati) bo‘yicha sertifikatlashni nazorat qilish”;

quyidagi mazmundagi dkichik band bilan to‘ldirilsin:

“d1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish va ulardan maqsadli foydalanilishi”;

“z” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“z) idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va ta’mirlash xizmatlarining sifati, qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan o‘tkazish ustidan nazoratni amalga oshirish” ;

quyidagi mazmundagi i1 va ikichik bandlar bilan to‘ldirilsin:

“i1) import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lik va ko‘chat materiallarida geni modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) mavjudligini aniqlash;

i2) sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish”;

12-bandda:

“a” kichik bandda:

ikkinchi xatboshidan “, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hay’ati qarorlari va vazir buyruqlari topshiriqlari” so‘zlari chiqarib tashlansin.

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurashish ishlarining bajarilishi ustidan”;

“b” kichik bandda:

o‘ninchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

o‘n birinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi gva gkichik bandlar bilan to‘ldirilsin:

“g1) bug‘doyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdorini hisobdan chiqarishni nazorat qilish;

g2) qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tijorat vakili tomonidan bug‘doy yetishtiruvchilardan xarid qilinadigan bug‘doyni qabul qilish va sotish jarayonlarida standart talablariga ko‘ra sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha (muvofiqlik sertifikati) hamda bug‘doy sinflari (sifat sertifikati) bo‘yicha sertifikatlashni nazorat qilish”;

“d” kichik bandda:

o‘n yettinchi xatboshidan “hamda xavfli yashirin virusli kasalliklarning” so‘zlari chiqarib tashlansin.

quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“import qilinadigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining barcha turdagi urug‘liklari va ko‘chat hamda ko‘chat materiallarining ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va muvofiqlik sertifikati asosida realizatsiya qilinishi ustidan nazorat qilish”;

“d1” kichik bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallashga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha majburiyatlarining bajarilishi ustidan”;

“z” kichik bandda:

birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“z) idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va ta’mirlash xizmatlarining sifati, qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan o‘tkazish ustidan quyidagi nazoratni amalga oshiradi”;

oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikasi va texnologiyalari majburiy va davriy sinovdan o‘tkazish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishi”;

“y” kichik bandning uchinchi xatboshisidan “mineral o‘g‘itlar va yonilg‘i-moylash materiallarini o‘g‘irlash hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin;

15-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

17-bandda:

“d” kichik banddagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

“e” kichik banddagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligiga” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

18-banddagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

19-bandning ikkinchi xatboshisidan “hududiy boshqarmalarning tarkibiy bo‘linmalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;

20-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

25-banddagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligiga” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

31-banddagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligiga” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

  1. d) 2-ilovada:

nomidagi hamda 1-banddagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

2-banddagi “Moliya vazirligining G‘aznachiligida ochilgan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

7-bandda:

sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Inspeksiya xodimlariga formali kiyim-bosh va farqlash belgilari bilan ta’minlash, ijara shartnomasi asosida ijara pullarini qoplash”;

o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin;

o‘n birinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin;

21 va 23-bandlardagi “Ishlar boshqarmasi” so‘zlari “Moliya-iqtisod bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

  1. e) 3-ilovada:

nomidagi1-banddagi, 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

2-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“b) quyidagi miqdordagi oylik ustamalar:

lavozim maoshining 40 foizi miqdorida ustama (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti);

Inspeksiya xodimlariga uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun lavozim maoshiga rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda:

markaziy apparat xodimlariga

0,2 koeffitsiyentdan 1,0 koeffitsiyentgacha;

hududiy bo‘linmalar xodimlariga

0,2 koeffitsiyentdan 0,6 koeffitsiyentgacha miqdorda ustama.

Inspeksiyaning markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,4 baravarga, hududiy bo‘linmalar xodimlariga 1,4 baravarga oshirgan holda budjet mablag‘lari hisobidan qo‘llanadi”;

“v” kichik bandda:

to‘rtinchi xatboshidagi “ustamalar” so‘zi “ustama va mukofotlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshi “yubiley sanalari” so‘zlaridan keyin “(50, 55, 60 yoshi)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

to‘qqizinchi xatboshidagi “10 baravari” so‘zlari “10 baravarigacha” so‘zlari bilan almashtirilsin;

11-band quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:

“oshirilgan tarif koeffitsiyentlari;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik lavozim maoshiga (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) — 5 foizgacha ustama;

fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik lavozim maoshiga (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) — 10 foizgacha ustama”;

  1. j) quyidagi mazmundagi 31-ilova bilan to‘ldirilsin:

“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qaroriga
31-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi inspektorlarining formali kiyim-boshlari va farqlash belgilari
NAMUNALARI VA TAVSIFI

  1. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektorlarining formali kiyim-boshlari namunalari

Formali kiyim-boshlar tavsifi:

Yozgi mavsumiy formali kiyim-bosh

  1. Erkaklar uchun formali kiyim-bosh:
  2. a) old qismida kokardasi bo‘lgan to‘q kulrang kepka;
  3. b) kalta yengli, ko‘krak cho‘ntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan och kulrang ko‘ylak;
  4. v) to‘q kulrang shim;
  5. g) shim uchun kamar;
  6. d) qora rangli charm poyabzal.
  7. Ayollar uchun formali kiyim-bosh:
  8. a) old qismida kokardasi bo‘lgan to‘q kulrang kepka;
  9. b) kalta yengli, ko‘krak cho‘ntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan och kulrang bluzka;
  10. v) to‘q kulrang yubka;
  11. g) qora rangli charm poyabzal.

Kuzgi va bahorgi mavsumiy formali kiyim-bosh

  1. Erkaklar uchun formali kiyim-bosh:
  2. a) old qismida kokardasi bo‘lgan to‘q kulrang kepka;
  3. b) yenglari uzun, ko‘krak cho‘ntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan och kulrang ko‘ylak;
  4. v) to‘q kulrang bo‘yinbog‘;
  5. g) to‘q kulrang, bitta ko‘krak cho‘ntakli, yengil, yon tomonlari cho‘ntakli va nishonli, chiziqli, shevronli yengil kurtka;
  6. d) to‘q kulrang shim;
  7. e) shim uchun kamar;
  8. j) qora rangli charm poyabzal.
  9. Ayollar uchun formali kiyim-bosh:
  10. a) old qismida kokardasi bo‘lgan to‘q kulrang kepka;
  11. b) yenglari uzun, ko‘krak cho‘ntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan och kulrang bluzka;
  12. v) to‘q kulrang bo‘yinbog‘;
  13. g) to‘q kulrang rangli, bitta ko‘krak cho‘ntakli, yengil, yon tomonlari cho‘ntakli va nishonli, chiziqli, shevronli yengil kurtka;
  14. d) to‘q kulrang yubka;
  15. e) qora rangli charm poyabzal.

Qishki mavsumiy formali kiyim-bosh

  1. Erkaklar uchun formali kiyim-bosh:
  2. a) qishki to‘q kulrang bosh kiyim;
  3. b) yenglari uzun, ko‘krak cho‘ntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan och kulrang rangli bluzka;
  4. v) to‘q kulrang bo‘yinbog‘;
  5. g) to‘q kulrang, bitta ko‘krak cho‘ntakli, yengil, yon tomonlari cho‘ntakli va nishonli, chiziqli, shevronli yengil kurtka;
  6. d) to‘q kulrang, yoqa qismi mo‘ynali, ko‘krak nashivka (yozuv) va shevronli, plashsifat issiq kurtka;
  7. e) to‘q kulrang issiq shim;
  8. j) qora charm shim kamari;
  9. z) qora rangli etik.
  10. Ayollar uchun formali kiyim-bosh:
  11. a) qishki to‘q kulrang bosh kiyim;
  12. b) yenglari uzun, ko‘krak cho‘ntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari bo‘lgan och kulrang bluzka;
  13. v) to‘q kulrang bo‘yinbog‘;
  14. g) to‘q kulrang, bitta ko‘krak cho‘ntakli, yengil, yon tomonlari cho‘ntakli va nishonli, chiziqli, shevronli kurtka;
  15. d) to‘q kulrang, yoqa qismi mo‘ynali, ko‘krak nashivka (yozuv) va shevronli, plashsifat issiq kurtka;
  16. e) to‘q kulrang yubka;
  17. j) qora rangli etik.
  18. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektorlarining farqlash belgilari namunalari

Farqlash belgilari namunalari tavsifi:

  1. Kokarda.

Oltin rangdagi yengil metalldan yasalgan bosh kiyimi uchun kokardada qanotlari ochiq Humo qushi tasvirlangan, yuqori qismida mamlakat ramzi bo‘lgan yarim oy tasviri tushirilgan, sakkiz qirrali yulduz va undagi kichik besh qirrali yulduz aks ettirilgan. Humo qushining orqasida tog‘lar, daryolar va gullab-yashnagan vodiy uzra chiqayotgan quyosh tasvirlangan.

Pastki qismida “O‘ZBEKISTON” markazida lotin harflarida yozilgan O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i tushirilgan.

Orqa tomonida ikkita metall qichqich o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida kokarda bosh kiyimining o‘rtasiga o‘rnatiladi. Kokardaning markazi burun ko‘prigidan yuqorida bo‘lishi kerak.

  1. Shevron.

Formaning chap yengida (yeng tikilgan tikuvdan 120 mm masofada) 90×75 mm o‘lchamdagi yashil qalqon shakliga ega shevron mavjud.

Qalqon ichida va pastki qismida davlat ramzlari — O‘zbekiston Respublikasining gerbi va bayrog‘i tasvirlangan. Qalqonning ichidagi gerb usti qismida lotin alifbosida bir qatorli “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI”, pastki qismida bir qatorli lotin harflarida “O‘ZAGROINSPEKSIYA” yozuvlari joylashgan.

Ramka sariq rangdan iborat.

Shevron matoga tushirilgan holda tayyorlanadi. Shevron matosi to‘q yashil rangda.

  1. Nashivka (yozuv).

“AGROSANOAT MAJMUI USTIDAN NAZORAT QILISH INSPEKTORI” yozuvi 125×25 mm o‘lchamdagi to‘g‘ri burchakli, chetki qismi sariq, to‘q ko‘k rangli matoga tilla rangli ip bilan lotin harflarida tikiladi.

Nashivka (yozuv) formaning ko‘krak cho‘ntaklariga tikiladi.

Izoh. Inspektorni formali kiyim-bosh va farqlash belgilari bilan ta’minlash xarajatlari Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi inspektorlarining formali kiyim-boshlarini kiyib yurishi va farqlash belgilarini taqishi tartibi to‘g‘risidagi nizom Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.

  1. z) 4-ilovaning nomidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  2. i) 5-ilovada:

nomidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

izohdan “birinchi o‘rinbosariga Inspeksiya hududiy boshqarmasi boshlig‘i stavkasidan 3% kam miqdorda, Inspeksiya hududiy boshqarmasi boshlig‘ining” so‘zlari chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“** Inspeksiya hududiy boshqarmasi shu’ba boshliqlariga Inspeksiya hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda”;

  1. k) 6-ilovada:

nomidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

izohdan “* Inspeksiyaning tuman (Quvasoy shahar) bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosariga tuman (Quvasoy shahar) bo‘limi boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda” so‘zlari chiqarib tashlansin;

2-pozitsiyaning “2-guruh” ustunidagi “Bo‘z tumani” so‘zlari “Bo‘ston tumani” so‘zlari bilan almashtirilsin.

  1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 5-sentabrdagi 733-son qarorining 4-bandi to‘qqizinchi xatboshisidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-dekabrdagi 1012-son qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi “a” kichik bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  3. Vazirlar Mahkamasining “Ingichka tolali paxta yetishtirishni samarali tashkil qilish, yangi navlarni ko‘paytirish va rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 30-yanvardagi 47-son qarorining 2-bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi “k” kichik bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  5. Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilik tarmog‘iga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi 280-son qarorida:
  6. a) 4-ilovaning3-bandi chiqarib tashlansin;
  7. b) 5-ilovaning3-bandi chiqarib tashlansin.
  8. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari turlarining milliy genbankini yaratish to‘g‘risida” 2020-yil 13-maydagi 282-son qarorining 14-bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  9. Vazirlar Mahkamasining “G‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-maydagi 312-sonqarorida:
  10. a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  11. b) 1-ilovaning 33-bandning birinchi xatboshisidagiva 48-banddagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  12. v) 2-ilovada:

1-banddagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

22-banddagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Agroinspeksiya)” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — O‘zagroinspeksiya)” so‘zlari bilan almashtirilsin;

26 va 32-bandlaridagi “Agroinspeksiyaga” so‘zlari “O‘zagroinspeksiyaga”, so‘zlari bilan almashtirilsin;

2728 va 33-bandlaridagi “Agroinspeksiya” so‘zlari “O‘zagroinspeksiya”, so‘zlari bilan almashtirilsin;

3 va 4-ilovalar matnidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

  1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi birinchi xatboshisidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  2. Vazirlar Mahkamasining “Ichki iste’mol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 15-martdagi 135-son qarorida:
  3. a) 5-bandning birinchi xatboshisidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  4. b) 3-ilovaning5-bandidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  5. Vazirlar Mahkamasining “Superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik sholi yetishtirish uchun urug‘chilik xo‘jaliklarini tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 18-iyundagi 381-son qarorida:
  6. a) 3-banddagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
  7. b) ilovaning 11-bandi beshinchi xatboshisidagiva 26-bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin”.
  8. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qarorida:
  9. a) 2-ilovada:

12-banddagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

17-banddagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

  1. b) 3-ilovada:

va 5-bandlardagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

106-bandning birinchi xatboshisidagi va 107-bandidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

  1. v) 5-ilovada:

9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

44-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

  1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilinadigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar ro‘yxatining 13-bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
  3. a) 4-banddagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  4. b) 13-bandning ikkinchi xatboshisidan“Vazirlikning hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
  5. Vazirlar Mahkamasining “Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy etgan limon yetishtiruvchilarni, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 17-yanvardagi 24-son qarorida:
  6. a) 1-ilovada:

1-ilovaning 5-bosqich “Tadbirlar” ustunidan “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va” so‘zlari chiqarib tashlansin;

2-ilovaning 6-bandi chiqarib tashlansin;

  1. b) 2-ilovada:

15-bandi “a” va “v” kichik bandlaridagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

3-ilovaning 4-bandidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.

  1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-martdagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan Mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentning 48-bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  2. Vazirlar Mahkamasining “Uzumchilik, bog‘dorchilik, issiqxona xo‘jaliklarini yurituvchi va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarorida:
  3. a) 1-ilovaning 23-bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  4. b) 2-ilovaning 18-bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  5. v) 3-ilovaning 16-bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  6. g) 4-ilovaning 16-bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  7. Vazirlar Mahkamasining “Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-avgustdagi 468-son qarorida:
  8. a) 3-bandning beshinchi xatboshisidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  9. b) ilovaning 3-bandiva 5-bandi beshinchi xatboshisidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  10. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 557-son qarori bilan tasdiqlangan Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  11. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlash va navdorligini baholash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 16-dekabrdagi 712-son qarorida:
  12. a) 2-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisiva “g” kichik bandi birinchi xatboshisidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  13. b) 1-ilovada:

nomidagi1-banddagi, 3-bandning beshinchi xatboshisidagi hamda 4-banddagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

1-ilovaning ilova belgisi va nomidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

2-ilovaning ilova belgisi va matnidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

2a-ilovaning ilova belgisi va matnidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

3-ilovaning ilova belgisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

4-ilovaning ilova belgisi va nomidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

4a-ilovaning ilova belgisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

5-ilovaning ilova belgisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

  1. v) 4-ilovada:

nomidagi1-banddagi, 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

1-ilovaning ilova belgisidagi va nomidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

2-ilovaning ilova belgisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

3-ilovaning ilova belgisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

4-ilovaning ilova belgisi va matnidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

4a-ilovaning ilova belgisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

5-ilovaning ilova belgisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

  1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 29-apreldagi 170-son qarorida:
  2. a) 1-bandning “j” kichik bandidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  3. b) 1-ilovaning 2-bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  4. v) 2-ilovaning 2-bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  5. g) 3-ilovaning 2-bandidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  6. d) 5-ilovaning 2-bandidagiva 23-bandi 3-xatboshidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  7. e) 6-ilovaning 2-bandi birinchi xatboshisidagiva 2-ilovaning 1-bosqich“Tadbirlar” ustunidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  8. j) 7-ilovaning nomidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  9. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chilik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 9-dekabrdagi 652-son qarorining 4-bandi “v” kichik bandi va 6-bandidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  10. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentida:
  11. a) 13-ilovaning4-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  12. b) 17-ilovaning4-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  13. Vazirlar Mahkamasining “2024-yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 11-iyundagi 325-son qarorining 3-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi“Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
  14. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi subyektlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 2-iyuldagi 373-son qarorida:
  15. a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshisidan“, shuningdek, sug‘urta hodisasi sodir bo‘lmaganda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
  16. b) ilovada:

11-banddan “, shuningdek, sug‘urta hodisasi sodir bo‘lmaganda” so‘zlari chiqarib tashlansin;

ilovaning 3-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunining 1-banddan “, shuningdek, sug‘urta hodisasi sodir bo‘lmaganda” so‘zlari chiqarib tashlansin.

  1. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 463-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari ro‘yxatining51-bandidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.