«REAGRO» axborot tizimi
19.02.2024
894
Avval maʼlum qilganimizdek, «Reagro» axborot tizimining afzalligi, qishloq xo‘jaligida klasterlarni baholash va reytingini aniqlash, xolisona taqqoslash va solishtirish orqali o‘zingiz uchun to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishga xolisona ko‘mak berishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
19.02.2024
1 088
Respublikada iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq salbiy ta’sirning oldini olish, qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasini kamaytirish, tuproqdagi gumus miqdorini ko‘paytirish orqali ekinlar hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirish maqsadida:
Chorvachilik xo‘jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida NIZOM
07.02.2024
620
Ichki iste’mol bozorini go‘sht, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, chorvachilik oziqa bazasini kengaytirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 24-avgustdagi PQ-285-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
29.01.2024
392
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmoni bilan boshlangan yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida:
“REAGRO” axborot tizimi
12.01.2024
676
Klasterlar qishloq xo‘jaligida agrosanoat majmuasini rivojlantirishda asosiy o‘rin tutadi, chunki ular bir-biriga bog‘langan va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar, fermer xo‘jaliklari, ilmiy markazlar, yetkazib beruvchilar va boshqa ishtirokchilar guruhlari bo‘lib, ma’lum bir geografik hududda jamlangan hamda umumiy maqsadlar va ixtisosliklar bilan bog‘langan. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligida klasterlarni baholash va reyting tizimini ishlab chiqish yagona baholash tizimini yaratishga yordam beradi, bu esa belgilangan mezonlar va metodologiyalar asosida klasterlarni xolisona taqqoslash va reytingini aniqlash imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” to‘g‘risida Qonuni mazmuni va mohiyati haqida
26.12.2023
4 086
Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi mutasaddilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
22.12.2023
423
Mazkur uchrashuvda “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” rahbariyati Utkir Maxmudov hamda Bobur Tillabayev va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi Omon Musayevlar qatnashdi.
Litsenziyalashga oid qonunchilikka o’zgartirish kiritildi
18.12.2023
535
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–878-son, 15.11.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, sanitariya qonunchilikni, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiena normativlarini buzish: