E’tirof
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan, raqamlashtirish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida samarali faoliyat olib borayotgan hamda ushbu yo‘nalish rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh mutaxassislar vazirlikning idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, taqdirlanganlar safidan qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish va zamonaviy axborot tizimlarini joriy etishda faol ishtirok etib kelayotgan “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” tizimi vakillari ham o‘rin oldi.

Jumladan:

— Raximov Bohodir Tairovich — Raqamlashtirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni bilan;

— Abduhayev Dilmurodjon Shavkatbek o‘g‘li — Raqamlashtirish departamenti bosh mutaxassisi;

— Sharipova Manzura Tairxo‘jaevna — “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ boshqarma boshlig‘i “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlandilar.

Mazkur e’tirof soha mutaxassislarining raqamli iqtisodiyot, innovatsion texnologiyalar va zamonaviy IT yechimlarini joriy etish borasidagi fidokorona mehnatlarining yuksak bahosi hisoblanadi.

“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” jamoasi nomidan barcha taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etamiz hamda ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.