9-may sanasi yurtimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu kun — Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi va bugungi farovon hayotimiz yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni yod etish, ularning jasorati va mehnatini qadrlash kunidir.

Ajdodlarimizning matonati, sabr-toqati va mardligi tufayli bugun tinch va osoyishta hayot kechirmoqdamiz. Ularning xotirasini e’zozlash, faxriylarimizga hurmat ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri hisoblanadi.

Agrosanoatni raqamlashtirish markazi jamoasi ushbu sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy tabriklaydi. Faxriylarimizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr tilaymiz. Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz hayoti tinch va farovon bo‘lsin.

Xotira — muqaddas, inson qadri esa hamisha e’zozda.