Soha rivojiga hissa qo‘shgan xodimlar e’tirof etildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi tizimida samarali mehnat qilib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshev o‘ziga biriktirilgan kompleks tarkibida faoliyat yuritayotgan ilg‘or va fidoyi xodimlarni munosib e’tirof etdi.
Taqdirlash marosimida kompleks tarkibidagi bir guruh xodimlarga, jumladan, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ rahbar xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur e’tirof soha vakillarining samarali mehnati, fidoyiligi va kasbiga bo‘lgan mas’uliyatining munosib bahosi bo‘ldi. Ushbu rag‘bat xodimlarni kelgusida yangi tashabbuslarni ilgari surish va soha rivojiga yanada katta hissa qo‘shishga undaydi.
Taqdirlangan barcha soha vakillarini Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, xotirjamlik hamda mas’uliyatli faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
