Ustoz — bilim va ma’rifat chirog‘ini yoquvchi, kelajak avlodga yo‘l ko‘rsatuvchi, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shuvchi ulug‘ insondir.

Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va shogirdlaringiz kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz.

Yurtimiz ravnaqi, ilm-fan taraqqiyoti va kelajak avlod kamoloti yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!