logo-grreen
Armaniston Delegatsiyasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “Raqamlashtirish markazi”  xodimlari o‘rtasida seminar bo‘lib o‘tdi

Armaniston Delegatsiyasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “Raqamlashtirish markazi” xodimlari o‘rtasida seminar bo‘lib o‘tdi

Seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Raqamlashtirish markazi”dagi ishlab chiqilgan loyihalar va olib borilayotgan ishlar bilan tanishitirib o‘tildi

1) Ekinlarni oqilona joylash va ukarni nazorat qilish tizimi “Crop Agro” Axborot tizimini ishlash prinsiplari va funksional vazifalarini taqdim qilindi

2) Agrosubsidiya Axborot tizimidan foydalanish va subsidiya olish prinsiplari ularda raqamlashtirishning o‘rni va ko‘rsatkichlari haqida tushuntirib o‘tildi

3) Yer ijara axborot tizimini funksional imkoniyatlari va yerlarni ijaraga olish mexanizmlari va ularni qanday taxlil va nazorat qilish imkoniyatlari yoritildi

4) Agroplatforma axborot tizimidan foydalangan xolda fermerlar reestrini shakllantirish ularga paxta va g‘alla yo‘nalishida imtiyozli kreditlarni olishni raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirish, kredit olish uchun arizalarni shakllantirish, ekinlarni joylashdan so‘ng yaratilgan ma’lumotnomalarni imzolash, xokim qarorlarini tizimda yuklab olish va fyuchers shartnomalarni elektron rasmiylashtirish, bajarilayotgan agrotexnik tadbirlarni bosqichma bosqich amalga oshirish va monitoring qilish imkoniyatlari bo‘yicha yoritib berildi.

Ushbu tizimlarni to‘liq imkoniyatlarini o‘rganish uchun Armaniston delegatsiyasi xodimlari katta qiziqish uyg‘otishdi va kelishuv asosida ushbu tizimlardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashish takliflarini berdilar.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.