logo-grreen
“Yuksak e’tirof: Yetuk mutaxassislar taqdirlandi”

“Yuksak e’tirof: Yetuk mutaxassislar taqdirlandi”

Mamlakatimizda agrar, oziq-ovqat xavfsizligi, axolining dasturxonini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash sohasiga qaratilayotgan eʼtibor eng dolzarb va doimiy rivojlantirilib borilayotgan jabhalar sarasiga kiritilgan. Shu bois, yurtimiz Qishloq xoʻjaligi sohasi, jabha vakillarining ahamiyati, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati xam axolining keng qatlamlari orasida alohida eʼtirofga sazovor boʻlmoqda.
Bu kabi ulkan ishlarni munosib eʼtirof etish, ahamiyatini yuksakligini qayd etish maqsadida dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni sifatida anʼanaviy tarzda nishonlanib kelinadi. Mazkur tadbir bu yil xam tantanali nishonlanib, soha rifojiga munosib xissa qoʻshgan bir gurux faxriylar, yuqori malakali mutaxassislarning mehnatlari munosib eʼtirof etildi.
Quvonarlisi, ushbu yuksak eʼtirofga sazovor boʻlgan soha vakillari orasida, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ direktorining birinchi oʻrinbosari Bobur Tillabayev xam “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ raxbariyati va jamoasi Bobur Tillabayevni ushbu yuksak eʼtirof, mukofot bilan samimiy tabriklaydi!

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.