«REAGRO» axborot tizimi
Avval maʼlum qilganimizdek, «Reagro» axborot tizimining afzalligi, qishloq xo‘jaligida klasterlarni baholash va reytingini aniqlash, xolisona taqqoslash va solishtirish orqali o‘zingiz uchun to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishga xolisona ko‘mak berishdan iborat.
Qishloq xo‘jaligi vakillari, fermerlar, paxta-to‘qimachilik klasterlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini tizimga kiritilgan baholash metodikasi orqali aniqlab borishadi.
Quyida baholash metodikasining tamoyillari keltiriladi:
QO‘SHIMCHA QIYMAT ZANJIRINI YARATISH
– xomashyoni dastlabki qayta ishlash quvvatlari;
– ip kalava ishlab chiqarish quvvatlari;
– mato ishlab chiqarish quvvatlari;
– matoni bo‘yash quvvatlari;
– tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari.
Bunda mavjud quvvatning talabga nisbati hisobga olinadi.
Eksport ko‘rsatkichlari:
– ip kalava eksporti;
– mato eksporti;
Bunda tayyor mahsulot eksporti hamda eksport qilingan mahsulotning mavjud mahsulotga nisbati hisobga olinadi.