Samsung qondagi qand miqdorini o‘lchashning inqilobiy texnologiyasini ishlab chiqdi
Forbes nashrining xabar berishicha, Samsung invaziv bo‘lmagan doimiy glyukoza monitoringi (Glyukoza miqdorini doimiy monitoring qilish tizimi tizimi – GDMT)ni joriy qildi. Ushbu taraqqiyot global diabet muammosiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Samsung glyukoza miqdorini doimiy monitoring qilish tizimining aniq chiqarilish sanasini aytmagan bo‘lsa-da, kompaniyaning katta vitse-prezidenti va raqamli sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari doktor Xong Parkning bayonotlari texnologiya yuqori darajada tayyor ekanligini ko‘rsatadi.
Doktor Parkning ta’kidlashicha, kompaniya diabetning dastlabki belgilarini bashorat qiluvchi algoritm, shuningdek, glyukoza miqdorini invaziv bo‘lmagan monitoring texnologiyasi va GDMTga integratsiyalangan ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar ustida faol ishlamoqda.
Teri ostiga datchikni invaziv kiritishni talab qiluvchi Lingo va Dexcom kabi mavjud GDMTlardan farqli o‘laroq, Samsung ishlanmalarida optik usul qo‘llaniladi. Bu muolajani ancha qulay va keng foydalanuvchilar uchun ochiq qiladi.