BMTTD bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyot bo‘yicha Davlat-xususiy muloqoti (PPD) loyihasining Startap va venchur ekotizimiga bag’ishlangan birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

PPD — bu davlat idoralari, xususiy sektor vakillari, xalqaro tashkilotlar va tadqiqot institutlar o‘rtasidagi barqaror aloqani rivojlantiruvchi platforma hisoblanadi. Ushbu platforma xususiy sektor vakillari o‘zlaridagi mavjud to‘siq, muammo va talablarni tegishli davlat tashkilotlariga yetkazishga xizmat qiladi.

Asosiy vazifa – raqamli iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha xususiy sektor vakillarining taklif va ehtiyojlari asosida siyosatni shakllantirish va innovatsiyalar rivojini qo‘llab-quvvatlashdir.

Manba: Digital.uz