Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev, Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, Agrosanoatni raqamlashtirish markazi direktori Utkir Mahmudov hamda sohaga aloqador mutaxassislar ishtirok etdi.
Taqdimot chog‘ida “Agrotarozi” tizimining dolzarbligi, ayniqsa, paxta qabul qilish jarayonidagi ahamiyati, uning raqamli nazoratni kuchaytirish va avtomatlashtirishdagi afzalliklari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, ushbu tizim nafaqat tortish jarayonini avtomatik tarzda amalga oshiradi, balki olingan ma’lumotlarni real vaqt rejimida markaziy baza bilan bog‘laydi.
Shuningdek, “Agrotarozi” orqali paxta tahlil hujjatlari, laboratoriya xulosalari va boshqa texnik ma’lumotlar yagona elektron platformada shakllantiriladi va saqlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, jarayonlarning shaffofligini ta’minlab, inson omili bilan bog‘liq xatoliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Tizim foydalanuvchilar uchun qulay interfeysga ega bo‘lib, barcha axborotlar avtomatik tarzda raqamlashtiriladi va tezkor tarzda taqdim etiladi.
Taqdimot yakunida ishtirokchilar tizimni amaliyotga keng joriy etish, uning texnik imkoniyatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va mulohazalar bilan o‘rtoqlashdilar.