«Crop Agro» axborot tizimi

Yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta’minlanganligi va hududning ixtisoslashuvi ekinlarni joylashtirish, ya’ni kelgusi yil hosili uchun rejalashtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilsa, mazkur ma’lumotlarni shakllantirish davlat tomonidan mahsulot yetishiruvchilarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun foydalidir.

“REAGRO” axborot tizimi

Klasterlar qishloq xo‘jaligida agrosanoat majmuasini rivojlantirishda asosiy o‘rin tutadi, chunki ular bir-biriga bog‘langan va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar, fermer xo‘jaliklari, ilmiy markazlar, yetkazib beruvchilar va boshqa ishtirokchilar guruhlari bo‘lib, ma’lum bir geografik hududda jamlangan hamda umumiy maqsadlar va ixtisosliklar bilan bog‘langan. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligida klasterlarni baholash va reyting tizimini ishlab chiqish yagona baholash tizimini yaratishga yordam beradi, bu esa belgilangan mezonlar va metodologiyalar asosida klasterlarni xolisona taqqoslash va reytingini aniqlash imkonini beradi.

“Agroplatforma” axborot tizimi

Yer tayyorlashdan to hosil yetishtirib, yakuniy hisob-kitoblarini amalga oshirishgacha bo‘lgan zanjirdagi jarayonlarda fermer xo‘jaligi, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan o‘zaro hisob-kitob munosabatlari hamda to‘lov intizomini tizimli tartibga solishning yagona davlat axborot tizimi.

Meva-sabzavotchilik sohasini moliyalashtirish tizimi

«Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» Davlat muassasasida Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash,

Toshkent Davlat Agrar Universitetida » Smart Campus» loyihasi

Ushbu loyiha foydali maʼlumotlarni yaratishga, talabaning reytingi va portfoliosi asosida talabalarning bilimlari maʼlumotlar bazalarini tuzishga yordam beradi, tizim, shuningdek, universitetning o‘quv jarayoniga bir qator o‘zgarishlarni kiritadi. “Smart Campus” loyihasi maʼlumotlardan (bilimlardan) tezkor foydalanish imkoniyatini beradi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga olib keladi.

«Marketplace» elektron agrosanoat savdo portali

2022-yilda elektron agrosanoat savdo portali – “Marketplace” ishga tushiriladi. Fermerlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, yirik klasterlar, agrologistika markazlari, qayta ishlovchilar, mayda va yirik savdo tarmoqlari savdo portali foydalanuvchilariga aylanishadi. “Marketplace”, ayniqsa, moliyaviy xizmatlar kam bo‘lgan aholi punktlarida yashovchilar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning kam mobil toifalari uchun dolzarb bo‘ladi. Kelgusida ushbu platforma orqali eksport shartnomalarini tuzish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirish mumkin bo‘ladi.

“Agrosubsidiya” axborot tizimi

“Agrosubsidiya” Axborot tizimi (AT) Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish uchun mo‘ljallangan.

Qishloq xo’jaligi vazirligi geoaxborot tizimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligining ArcGIS dasturiy mahsuloti negizidagi o‘z geoaxborot tizimi 2021-yilning noyabr oyidan sinov rejimida ishga tushirilgan. Bugungi kunda ushbu tizim respublikamizning 4 ta vazirlik va idoralarining axborot tizimlari, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligining quyi tashkilotlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.

“E-IJARA” Axborot tizimi

O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli tashkilotlar hamda idoralar bilan kelishishni amalga oshirishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi