“ReAgro” axborot tizimi
Klasterlar qishloq xoʻjaligida agrosanoat majmuasini rivojlantirishda asosiy oʻrin tutadi, chunki ular bir-biriga bogʻlangan va oʻzaro bogʻliq boʻlgan kompaniyalar, fermer xoʻjaliklari, ilmiy markazlar, yetkazib beruvchilar va boshqa ishtirokchilar guruhlari boʻlib, ma’lum bir geografik hududda jamlangan hamda umumiy maqsadlar va ixtisosliklar bilan bogʻlangan.
“Agroplatforma” axborot tizimi
Yer tayyorlashdan to hosil yetishtirib, yakuniy hisob-kitoblarini amalga oshirishgacha boʻlgan zanjirdagi jarayonlarda fermer xoʻjaligi, ta’minotchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan oʻzaro hisob-kitob munosabatlari hamda toʻlov intizomini tizimli tartibga solishning yagona davlat axborot tizimi.
“Agrosubsidiya” axborot tizimi
“Agrosubsidiya” axborot tizimi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish uchun moʻljallangan.
“Crop Agro” axborot tizimi
Yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta’minlanganligi va hududning ixtisoslashuvi ekinlarni joylashtirish, ya’ni kelgusi yil hosili uchun rejalashtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilsa, mazkur ma’lumotlarni shakllantirish davlat tomonidan mahsulot yetishiruvchilarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun foydalidir.