Raqamli texnologiyalar qishloq xo‘jaligi sohasiga tobora chuqur kirib borayotgan bir paytda, foydalanuvchilar xavfsizligi va ma’lumotlar himoyasi eng muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu maqsadda Agroportal mobil ilovasida zamonaviy FACE ID biometrik identifikatsiya texnologiyasi joriy etildi.

Mazkur texnologiya foydalanuvchilarga tizimga tezkor, qulay va xavfsiz kirish imkonini yaratadi. Endilikda shaxsni tasdiqlash jarayoni bir necha soniya ichida amalga oshiriladi va barcha operatsiyalar yuqori darajadagi himoya asosida nazorat qilinadi.

FACE ID texnologiyasining asosiy afzalliklari:

  • Yuqori darajadagi biometrik xavfsizlik
  • Tez va qulay identifikatsiya jarayoni
  • Ishonchli autentifikatsiya tizimi
  • Shaffof va nazorat qilinadigan operatsiyalar
  • Foydalanuvchi ma’lumotlarining himoyasi

Shuningdek, ushbu tizim Adliya vazirligi bilan hamkorlikda joriy etilgani uning ishonchliligi va qonuniy asoslarini yanada mustahkamlaydi.

Agroportal — “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi sifatida agrar sohada zamonaviy IT yechimlarni joriy etishda davom etmoqda. FACE ID texnologiyasi esa foydalanuvchilarga yanada xavfsiz va zamonaviy xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.