logo-grreen
Hududlarda “AGROPLATFORMA” tizimining targ’iboti

Hududlarda “AGROPLATFORMA” tizimining targ’iboti

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-257 va PQ-113-sonli qarori qabul qilingani hamda uning mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazish va bu borada qilinadigan ishlarni rejalashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan seminar-trening tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Bu kabi seminarlar hududlarda ham davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 7-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatlarida ham qarorning mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazishga bag‘ishlangan seminar-trening (https://www.agro.uz/08082023-3/) bo‘lib o‘tdi.

Unda mazkur qaror asosida qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish orqali yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekinlar holatini monitoring qilishning idoralararo axborot tizimlarini joriy etish belgilanganligi hamda “Agroplatforma” axborot tizimining imkoniyat va afzalliklari haqida to‘liq tushuntirishlar berildi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.