logo-grreen
Agrosanoat raqamlashtirish markazi va Pokiston Respublikasi  delgatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Agrosanoat raqamlashtirish markazi va Pokiston Respublikasi delgatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda bugungi kunda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning strategik xususiyatlari va agrar sohadagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani, kelgusida qishloq xo‘jaligi sohasi ravnaq topishidagi hamkorlikning mavjud imkoniyat va resurslarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek uchrashuvda Raqamlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar bilan tanishtirib chiqildi. Bunga misol tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish orqali yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekinlar holatini monitoring qilishning idoralararo axborot tizimlarini joriy etish belgilanganligi hamda “Agroplatforma” axborot tizimining imkoniyat va afzalliklari haqida to‘liq tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv so’nggida ushbu tizimlarni to‘liq imkoniyatlarini o‘rganish uchun Pokiston delegatsiyasi xodimlari katta qiziqish uyg‘otishdi va kelishuv asosida ushbu tizimlardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashish takliflarini berdilar.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.