logo-grreen
Agrar sohani raqamlashtirish afzalliklari

Agrar sohani raqamlashtirish afzalliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-257-sonli Qarori  mazmun-mohiyati  joylarda targ‘ib qilinmoqda.

Qarorning mazmun-mohiyatini soha vakillariga yetkazish va bu borada qilinadigan ishlarni rejalashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vaziri o’rinbosari Qaxramon Anvarjonovich va vazirlikning soha mutaxassislari tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston shahar Yoshlar markazi IT PARK binosining majlislar zalida “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integrasion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etilishini ko‘zda tutgan mazkur qarorning mazmun-mohiyati, unda sohaga aloqador tashkilotlar oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminar mutasaddi tashkilotlarning rahbar va xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.